Robert Levandovski: “Zenit”ga qarshi dubl – “Borussiya” uchun kiritgan so'nggi gollarim emas”
26 fev 2014 15:03
Yangiliklar


Robert Levandovski: “Zenit”ga qarshi dubl – “Borussiya” uchun kiritgan so'nggi gollarim emas”
“Borussiya” klubi hujumchisi Robert Levandovski, jamoasining CHempionlar ligasi 1/8 finali doirasida “Zenit”ga qarshi o'tkazgan o'yini (4:2) haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Albatta, men o'yinimizdan, natijadan va kiritgan gollarimdan mamnunman, ammo o'yin hali davom etadi.
“Zenit”ga qarshi dubl – “Borussiya” uchun kiritgan so'nggi gollarim emas. Biz CHempionlar ligasida kurashishda davom etar ekanmiz, men gol urishda davom etaveraman.
G'alaba qozonganimizga qaramay, keyingi bosqichga hali chiqmadik. Buni bosh murabbiy Yurgen Klopp ham takidlab o'tdi. Keyingi o'yinlarda ham kuchli ekanimizni namoyish etishimiz kerak”, - deydi Levandovski.

Fikrlar