Robert Levandovski: "Men yanada yaxshiroq o'ynab, ko'plab gol kiritishim mumkin"
23 mar 2015 01:55
Yangiliklar


Robert Levandovski: "Men yanada yaxshiroq o'ynab, ko'plab gol kiritishim mumkin"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski so'nggi paytlarda ko'rsatayotgan o'yini borasida gapirib o'tdi.
"Hammasi yaxshi kechmoqda, lekin men bundanda yaxshiroq o'ynashim mumkin. O'yinim borasida gap ketganda, menga murabbiy va jamoadoshlarimning bu haqidagi fikri men uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy futbolda hech bir hujumchi o'z hududida turib to'pni kutib tura olmaydi. Maydonda qaysidir futbolchi yaxshi o'ynolmasa uni sherigi yopib turishi kerak. Men o'zimni juda yaxshi his etmoqdaman", - deydi Robert Levandovski.

Fikrlar