Robert Levandovski: "Men mashina yoki hayvon emasman, balki muammolar va yomon kunlarni boshdan kechirayotgan odamman. Bu haqda ko'pincha unutiladi"
26 okt 2022 23:23
Yangiliklar
Robert Levandovski: "Men mashina yoki hayvon emasman, balki muammolar va yomon kunlarni boshdan kechirayotgan odamman. Bu haqda ko'pincha unutiladi"
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski o'zi duch kelayotgan psixologik qiyinchiliklar haqida gapirdi.
"Men doimo gol urishga chanqoqman. Siz gol urishingiz, ajoyib o'yin o'tkazishingiz mumkin, keyin esa harakatni pasaytirasiz, lekin men bunga sabr qilolmayman.
Agar siz to'xtab qolsangiz va "Men eng zo'riman" desangiz, hech narsaga erisholmaysiz. Kichkinaligimda ko'p gol urardim, lekin bu meni qoniqtirmasdi.
Rostini aytsam, salbiy his-tuyg'ular vazifalarni bajarishga xalaqit berishi mumkin. Atrofda nima bo'layotganidan qati nazar, qo'limdan kelganini qila olishim uchun psixologik yondashishim kerak.
Men mashina yoki hayvon emasman, balki muammolar va yomon kunlarni boshdan kechirayotgan odamman. Bu haqda ko'pincha unutiladi", - dedi polshalik forvard.
Fikrlar