Robert Gay: "Andijon"ga qo'limdan kelganicha yordam beraman
17 jan 2014 15:00
Yangiliklar

Robert Gay: "Andijon"ga qo'limdan kelganicha yordam beraman
Yangi yil bayramidan so'ng “Navbahor”ni shug'ullantirayotgan Robert Gay endi yangi jamoada ish boshladi.
U “Andijon” murabbiylar shtabidan joy oldi. 14 yanvar kuni Gay andijonliklar bilan birinchi mashg'ulotda ishtirok etdi. “Andijon”ga o'tishi haqida murabbiy bilan qisqacha suhbatlashdik.
- To'g'risini aytsam, “Andijon”ga o'tishim tez fursatda va kutilmaganda ro'y berdi, - so'z boshladi Gay. - SHu bois menga hozir biroz qiyin bo'ladi. Yangi muhitga moslashishim uchun menga ozgina vaqt kerak. Men jamoaga yordam berish maqsadida keldim. SHuning uchun qo'limdan kelgancha yordam berishga tayyorman. Asosiy maqsadimiz esa natija ko'rsatib muxlislarni xursand qilishdir. Mening falsafam shundayki, futbolchi birinchi navbatda o'yin ko'rsatishi lozim. Pul esa ikkinchi darajali masaladir. Afsuski, hozirgi futbolchilarda pul birinchi o'ringa chiqib qolgan. Bu albatta noto'g'ri. CHunki futbol muxlislar uchun o'ynaladi va ularning xursand qilishim kerak. Bizning asosiy vazifamiz ham ishqibozlarni xushnud etishdir.
- Sizning jamoadagi vazifangiz nimalardan iborat bo'ladi?
- Azamat Birodarovichga mashg'ulotlarda va har taraflama yordam beraman. Bosh murabbiyning o'z maqsadi va rejalari bor. U bilan hamfikr ishlagan holda vazifani bajarishga harakat qilamiz. Abduraimov bilan yaxshi munosabatdaman. U bilan ilgari bitta klubda to'p surganmiz. “Navbahor”dan ketishimni aytganimda u meni birga ishlashga taklif qildi.
- Bundan bir necha kun oldin “Navbahor”da ishlayotgandingiz. Vaziyat bunday o'zgarishini kutmaganmidingiz?
- Murabbiyning taqdiri shunaqa bo'ladi. Bugun bu erda, ertaga boshqa joyda ishlashi mumkin. Namangandan yomon xotaralarim qolmadi. U erda hamma bilan yaxshi munosabatda edim. SHuning uchun ulardan xafa emasman. Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin o'zimni noqulay his qildim va ketishga qaror qildim.
- Sizga bosh murabbiylikni taklif qilishlarini kutganmidingiz?
- Ha, dekabr oyida rahbariyat bilan uchrashganimda bosh murabbiylikni menga topshirishlarini aytishgandi. Meng shunga yarasha o'z rejalarimni tuzib qo'ygandim. 6 yanvardan esa ishga kirishgandim. Kutilmaganda o'zgarish ro'y berdi. Dastlab Aleksandr Mochinov kelishini aytishdi. Lekin nima sabab bo'ldi bilmadim, Mochinovni ishlashi amalga oshmadi va u Toshkentga qaytib ketdi. SHunda rahbariyat ishni o'zim davom ettirishimni malum qildi. Biroq keyin Ashurmatov paydo bo'ldi. Menga selekcioner murabbiy yoki o'rinbosarlar bilan ishlashni taklif qilishmoqchi edi. Ammo o'zim buni xohlamadim.
- “Navbahor”dagi faoliyatingizni qanday baholaysiz?
- Qo'limdan kelgancha ishlashga harakat qildim. Qanday ishlaganimga rahbariyat baho berishi mumkin. Agar qonishmaganida meni yana chaqirishmasdi. Jamoada iqtidorli yoshlar juda ko'p. Men faqat ularni o'ylab achinaman. CHunki futbolchilar ham har yili murabbiy almashishidan zerikishdi. Har bir murabbiyning o'z taktikasi bo'ladi. Murabbiyning uslubiga moslashish uchun vaqt kerak bo'ladi. 3 oyda murabbiy almashaversa, futbolchi ham qaysi biriga moslashishga qiynaladi.

Fikrlar