So’nggi yangiliklar

13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  0 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  2 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  5 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  13 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:52“Ал Ҳилол“ Виктор Гёкереш бўйича таклиф юборди  2 10:28“Ал Насср“нинг асосий трансфер мақсади маълум  0 09:35Суперкомпьютер 2025 йилги клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди  14 09:04“Тоттенхем“ янги бош мураббийи билан маош ва шартнома шартлари борасида келишиб олди — Романо  1 08:32“Барселона“ футболчиси “Атлетико“ билан шартнома имзолади  0 08:00CAFA U-20 Championship 2025. Терма жамоамизнинг гуруҳдаги рақиблари маълум  4 07:26ЖЧ-2026 саралаш. Мундиал йўлланмасини ҳал қилган терма жамоамиз бугун Қатарни меҳмон қилади  17 01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  1

Robbi Fauler: Menga qolsa, Vengerni tanlayman Yangiliklar

Robbi Fauler: Menga qolsa, Vengerni tanlayman

Angliyaning yaqin o'tmishdagi mashhur futbolchilaridan bo'lgan Liverpulning sobiq hujumchisi Robbi Fauler Sport360 nashriga bergan intervyusida mamlakat milliy termasiga Arsen Venger ustozlik qilishi lozimligi haqida gapirib o'tdi.

Ayni paytda jamoani Garet Sautgeyt boshqarib turibdi. Xabarlarga qaraganda, u kelgusi haftada ushbu lavozimga to'liq tayinlanadi. SHunga qaramay, Fauler o'z qarashlariga sodiq qolib, hamon Venger nomzodini eng loyiq deb hisoblamoqda.

- Men boshidanoq bu ishni Vengerga berishlari lozimligini aytganman. U ajoyib murabbiy ekanligini bir necha bor isbotlab bo'lgan. Arsen o'z shogirdlarining kuchli tomonlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratib beradi. qolaversa, Angliyada ko'p yillardan buyon faoliyat olib boradi. Arsenal Arsen boshchiligida doimiy ravishda CHempionlar Ligasida ishtirok etadi. Bu ham ajoyib natija. Agar menga imkon berishganida aynan uni tanlagan bo'lardim. Menimcha, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligini Vengerga topshirishlari kerak. To'g'ri, kanonirlar ko'p yillardan buyon chempionatda g'olib chiqishmadi. Biroq doimiy ravishda kuchli to'rtlikdan joy egallashmoqda. SHuning o'zi ham franciyalik mutaxassisning yuksak salohiyat sohibi ekanini ko'rsatib turibdi.

Fauler Angliya premer-ligasida ishlayotgan boshqa murabbiylar haqida ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Sobiq liverpulchi jamoaning hozirgi o'yinidan hayratda. Uning fikricha, bunda Yurgen Kloppning xizmatlari beqiyos ekan.

- qizillarning bugungi o'yinini tomosha qilgan odam rohatlanadi. SHuningdek, natijalar ham yomon emas. Lekin klubdagilar bundan hushlarini yo'qotishmaydi. Hozirda ishlar yaxshi ketayotgan bo'lsada, hammasi hali oldinda ekanligini yaxshi bilamiz.

Joriy mavsumda Liverpulda to'purarlar ko'pchilikni tashkil qilishmoqda. Faulerning fikricha, shu yozda xarid qilingan futbolchilardan biri Liverpulni yangi darajaga olib chiqishga qodir ekan.

- Klopp barcha shogirdlarini yuqori saviyaga olib chiqmoqda. Bu mavsumda deyarli barcha gol urdi. Koutino ajoyib o'yin namoyish qilmoqda. Starrij ham maydonga tushganda foydali o'yinchiga aylanmoqda. SHuningdek, Sadio Mane qoyilmaqom tarzda harakat qilmoqda. Umid qilamanki, bu futbolchilar Liverpulning yuqori o'rinlarni egallashida yordam berishadi.

Mersisaydliklar oxirgi etti mavsumning faqat bittasida CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Faulerning fikricha, bu safar barchasi yaxshi kechadi.

- Liverpul hamisha mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlashga harakat qilishi lozim. Albatta, gap CHempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini beruvchi o'rinlar haqida ketmoqda. So'nggi yillarda jamoaning ayni masalada omadi chopmayotgandi. Lekin ishonchim komilki, bunday o'yinchilar va murabbiy bilan hammasi joyida bo'ladi. Liverpul­ning mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashiga ishonaman. Undan yuqori o'rinlarni esa bonus sifatida qabul qilish mumkin.

Angliya chempionligi uchun bir qator klublar bahs olib borishmoqda. Robbi joriy mavsumda Manchester Sitini asosiy favorit deb hisoblamoqda.

- Manchester Siti hozircha boshqalardan kuchliroq. Gvardiola ajo­yib murabbiy. Lekin Antonio Konte boshchiligidagi CHelsini ham mag'lub etish oson emas. Manchester Yunayted oxirgi paytlarda ko'ngildagidek o'yin namoyish etolmayapti. Biroq Mourino barchani o'ynatishga majbur qila oladigan mutaxassis. Umuman olganda, menimcha, bu yil Siti chempion bo'ladi.

JA'FARALI tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика