Robben: "Faoliyatimni davom ettirmoqchiman"
13 may 2019 17:25
Yangiliklar


Robben: "Faoliyatimni davom ettirmoqchiman"
Yozda "Bavariya"ni tark etadigan yarim himoyachi Aren Robben faoliyatini yakunlamoqchi emas.
"Faoliyatimni davom ettirishni istayman. Top chempionatlarda o'ynadim, butun faoliyatim davomida yuqori darajada to'p tepdim. Grand jamoalarga ko'rak bo'lamanmi, yo'qmi, mavsum oxirida ko'ramiz" - deydi Robben.
Robben 2009 yil "Bavariya"ga o'tgan edi. U Bundesliganing 200ta uchrashuvida maydonga tushib, 98ta gol urdi va 62ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar