Rizo Inoyati: "Osiyo o'yinlarida o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkon beramiz"
12 sen 2023 21:40
Yangiliklar
Rizo Inoyati: "Osiyo o'yinlarida o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkon beramiz"
- O'yin haqida
- O'zbekiston terma jamoasini tabriklayman. Raqib ko'p imkoniyatlardan foydalandi. Rejalarimizning bazilari o'xshadi, bazilari o'xshamadi.
- Bugun jamoa durangga rozi bo'lib o'ynagandek taassurot qoldirdi...
- Bugungi durang ikkala jamoa uchun ham yaxshi bo'lardi. Afsuski, bugun raqib jamoa ustun keldi.
- Osiyo o'yinlari uchun tayyorgarlik qanday kechadi?
- Osiyo o'yinlarida o'yin amaliyoti kamroq taqdim etilgan o'yinchilarga imkoniyat bermoqchimiz. SHunnigdek, ushbu tarkibga kiritilmagan boshqa o'yinchilarga ham imkon beramiz. Xitoyga maksimal tayyorgarlik bilan boramiz.
- Osiyo o'yinlarida 23 yoshdan katta bo'lgan uch nafar futbolchi chaqirish imkoniyatingiz bor. Bundan foydalanasizmi?
- To'g'ri takidlab o'tdingiz, bizda shunday imkoniyat bor. Biroq Eron chempionatidagi tig'iz taqvim sababli 23 yoshdan katta futbolchilardan ikkitasini tarkibga chaqiramiz.
- SHogirdlaringiz ikkinchi qavatda yaxshi o'ynadi, shunga qaramay, mag'lubiyatga uchradi...
- Bu futbol. Barcha rejalarimiz amalga oshmadi. Barcha maksimal formada maydonga tushgandi. Ammo ko'rsatmalarni to'liq bajara olishmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar