So’nggi yangiliklar

16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  19 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  0 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  3 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  4 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  5 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  18 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  24 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3

Rijko safga qo'shildi Yangiliklar

Rijko safga qo'shildi

Bugun jamoamiz azolari tushda navbatdagi yig'inni o'tkazish maqsadida Toshkentda to'planishdi.
Poytaxtimizdagi muhtasham “O'zbekiston” mehmonxonasiga joylashgan futbolchilarimiz kunning ikkinchi yarmida dastlabki mashg'ulotni o'tkazishga ham ulgurishdi. Bugungi mashg'ulotlar “Oq-tepa” jamoasiga qarashli o'yingohda bo'lib o'tdi. Ayni paytda jamoamiz azolari kechki ovqatni tanovul qilishmoqda. Tarkibdagi yangiliklar xususida gap ketganida, belaruslik himoyachi Yuriy Rijkoni yana safga qaytganligini qo'shimcha qilish joiz. Rejaga ko'ra 18 yanvar kuni Toshkentda etib kelgan Rijko mehmonxonada boshqa jamoadoshlarini kutib oldi. Serbiyalik hujumchi Aleksandar Leposavichni esa shu kunlarda tarkibga qo'shilishi kutilmoqda. 31 yanvarga qadar davom etadigan mashg'ulotlar davomida uchta nazorat uchrashuvini o'tkazish ko'zda tutilgan. 24 yanvar kuni “Olmaliq” klubi dastlabki raqib sifatida jamoamizga qarshi maydonga tushadi. Keyingi o'yinlardagi raqiblar nomi hozircha aniq emas. Poytaxtdagi uchinchi uchrashuvni 31 yanvar kuni o'tkazilishini qo'shimcha qilish joiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика