So’nggi yangiliklar

19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  0 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  4 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  1 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  2 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  8 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1

"Rizespor" "Nasaf"ga 300 000 $, G'anievga 800 000 $ taklif qilgan ekan! Yangiliklar

"Rizespor" "Nasaf"ga 300 000 $, G'anievga 800 000 $ taklif qilgan ekan!

2017 yil mavsumdagi o'yinlari va Superliganing birinchi davrasidagi shijoati Aziz G'anievga keladigan sovchilar sonini oshirib yubordi.

Eng qizig'i shundaki, unga bo'lgan qiziqishdan bozordagi boshqa savdogarlar ham xabardor bo'ldi va unga ko'riksiz shartnoma taklif qila boshladilar.


"Rizespor" "Nasaf"ga 300 000 $, G'anievga 800 000 $ taklif qilgan ekan!

2017 yil mavsumdagi o'yinlari va Superliganing birinchi davrasidagi shijoati Aziz G'anievga keladigan sovchilar sonini oshirib yubordi. Eng qizig'i shundaki, unga bo'lgan qiziqishdan bozordagi boshqa savdogarlar ham xabardor bo'ldi va unga ko'riksiz shartnoma taklif qila boshladilar.

G'anievga ilk qiziqish "Dinamo" (Kiev) va "SHaxtyor" (Doneck) jamoalaridan bo'ldi. 2016 yil Turkiyada bo'lib o'tgan o'quv-yig'in mashg'ulotlaridan keyin ukrainaliklar unga jiddiy qiziqish bildira boshladilar. G'aniev oldida uning faoliyatiga rosmana qiziqadigan odam bo'lmagani sabab shekilli bir qancha takliflar keyinchalik o'z kuchini yo'qota boshladi. Bu orada "Zenit" jiddiy qiziqish bildirishga tushdi. 2018 yil o'rtasiga kelib uzoq xorijdan takliflar kela boshladi.

Turk futboli vakili Ahmet Yilmaz Zehiro'glu mavsum boshida o'zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirgani haqida xabar chiqib qolganidan keyin shu mavzuga qiziqdim.

Men ikkita shartnomani shaxsan o'zim ko'rdim va afsuslandimki, bu transfer amalga oshmadi. Ularning biri "Tenerife" klubi bo'lib ispanlar 10 000 AQSH dollari miqdoridagi oylik maoshni taklif qilgan. Ammo transfer summasi ko'rsatilmagan, biroq "Nasaf" keyingi transferdan yaxshi daromad ko'rishi mumkinligi aytilgan.

O'z paytida Odil Ahmedov "Anji"ga dastlab 6 oyga ijaraga berilgandi. SHartnomaga ko'ra, Ahmedov yaxshi o'ynab ketsa "Anji" keyinroq "Paxtakor" hisobiga mo'maygina pul o'tkazib berishi kerak bo'lgan. "Paxtakor" tavakkal qilgan va Ahmedovning dastlabki transferidan deyarli hech narsa ishlamagan, ammo Odil birinchi o'yindayoq Gadjievning ishonchini oqlab asosiy tarkibning muqim o'yinchisiga aylandi. Ahmedovni boshqa klub olib qo'yishidan cho'chigan "Anji" keyinchalik "Paxtakor" istagan pulni bergandi. Hozirgacha bu summani bilmaymiz, lekin 2 mln.dan kam bo'lmaganini aytishimiz mumkin.

Ispaniyaga G'anievning o'zi avvalo rad javobini berdi. Balki Segunda salobati bosgandir. SHundan so'ng biroz o'tib "Nasaf" pochtasiga yana bir xat keldi, bu safar "Rizespor" boshqaruv azosi Ahmet Yilmaz Zehiro'glu bosh murabbiy bilan tavakkalga qo'l urgandi.


SHartnoma bandlarida quyidagi summalarni ko'rishingiz mumkin:  

1. Hech qanday ko'riksiz "Nasaf"ga 300 000 AQSH dollari miqdorida transfer summasi.
2. Keyingi sotuvdan tushadigan daromadning 15% miqdori "Nasaf"ga.
3. Futbolchining o'ziga 3 yilga mo'ljallangan taxminan 800 000 AQSH dollari miqdorida daromad.
4. Belgilangan o'yinlarda to'liq o'ynagan holda 3 yil ichida yana 100 000 AQSH dollari miqdorida mukofot puli.


Bu ayni paytda Turkiya chempionatida 16-o'rinda borayotgan klub tomonidan berilgan taklif edi. Afsuski, "Nasaf" rahbariyati bu taklifga rad javobini berdi va "Rizespor"dan transfer summasini 1 000 000 AQSH dollariga ko'tarishni so'radi. Bu paytda "Nasaf" hali chempionatni kuchli oltitaligini tark etmagandi. 400 000 AQSH dollari esa moliyaviy qiyinchilik girdobiga tushib qolgan klub uchun 3 mlrd. 200 mln. so'm degani edi. Bu pul bilan "Nasaf" CHeranni saqlab qolishi va o'z tarkibidagi futbolchilarga maosh berishi mumkin edi.

"Nasaf"dan boshqa mavzu yo'qmi deyishga shoshilmang. Futbolimizning saviyasi shu qadar tushib ketdiki, endi biron-bir tuzuk klubdan shartnoma kelsa futbolchilarimizni o'zimiz olib borib berishimiz kerak. Hech bo'lmasa shu yaxshi futbolchi sifatsiz chempionatda qolib ketmasin. Aziz G'aniev bugun og'ir jarohatni tuzatish bilan band. Yana qachon unga bunday taklif tushadi bilmaymiz. SHu kungacha bizda faqatgina 3 futbolchi yaxshi miqdordagi summaga xorij klubiga o'tgan, bular Qosimov, Ahmedov va Rashidov. Lekin tan olaylik, ular qanday davrda o'ynadi, hozir qanday davr. Avvalo bu transfer orqali klub o'z moliyaviy holatini to'g'rilab olardi, qolaversa futbolchi yaxshigina daromadga ega chiqardi. Bu pullar valyuta shaklida O'zbekistonga kirib kelgan bo'lardi.



Umid qilamizki, G'aniev yana jarohatidan holi bo'lgach biz kutgan o'yinni ko'rsata oladi va albatta Evropaga ketadi.


"Rizespor"ning maqsadi G'anievni 3 yil o'ynatish bo'lmagan. Bu o'rtamiyona klub bo'lib, arzonroq futbolchi topib bir mavsum o'zida o'ynatadi va "Fenerbahche", "Galatasaroy", "Beshiktosh" kabi klublarga mo'maygina pulga pullaydi. O'rtamiyona jamoalarning tirikchiligi mana shundan iborat. Yoki Evropa ligasining guruh bosqichiga chiqib oladi va UEFAdan yaxshigina miqdorda gonarar oladi.

Xuddi shunga o'xshash "kontrakt" 2017 yil so'nggida SHerzod Azamovga ham taklif etilgandi. O'shanda Malayziya jamoasi 150 000 AQSH dollari va futbolchi uchun yaxshigina oylik maoshi taklif qilgan. Ammo "Nasaf" bu shartnomadan ko'ra arzonroqqa, o'z sardorini eng yaqin taqibchisiga sotishni maqul ko'rdi.

Latviyada futbolchilar bepulga o'ynaydi, chunki davlat ularga bir so'm bermaydi. Klublarning o'zi ishlab topadi. "O'zbekneftegaz" jamoalarining bu yilgi qiyinchiligi boshqa klublar uchun ogohlik qo'ng'irog'i bo'lishi kerak. Qachondir klublar o'z aravasini o'zi tortishi kerak bo'ladi. Buni hozir o'rganmasak, qachon o'rganamiz?

Reyting: +109   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика