So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  12 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

Riyod “sherlari” Toshkent "sherlari"ga qarshi Yangiliklar

Riyod “sherlari” Toshkent "sherlari"ga qarshi

Birinchi turda g'alaba qozongan “Paxtakor” bu safar Ar-Riyodda “Al SHabab” mehmoni bo'ladi.
Bu jamoaga qarshi 2010 yildagi uchrashuvlarda raqib 3:1 va 2:1 hisoblarida ustun kelgandi. Bugungi bahsda laqabi “sherlar” deb aytiladigan ikki jamoa to'qnash keladi. Undagi g'alaba qaysidir jamoaning guruh peshqadamiga aylanib olishiga imkoniyat yaratishi mumkin.

"AL SHABAB" FUTBOL KLUBI
Laqabi:
"oq sherlar", "shayxlar".
Tashkil topgan yili: 1947.
Stadioni: SHahzoda Muhammad bin Faysal, 22500 tomoshabinga mo'ljallangan.
Jamoa rahbari: Xolid bin Saad.
Bosh murabbiyi: Jeymi Pacheko (Portugaliya).
Erishgan yutuqlari: 6 bor Saudiya Arabistoni chempioni (1991, 1992, 1993, 2004, 2006, 2012), 3 marta Saudiya CHempionlari Kubogi sohibi (2008, 2009, 2014), 3 marta Qirol kubogi egasi (1993, 1996, 1999), 4 bor Federaciya Kubogi sohibi (1988, 1989, 2009, 2010), Osiyo Kubok egalari Kubogi sohibi (2001), Arab CHempionlari ligasi g'olibi (1992, 1999), Ko'rfaz klublari chempionlari Kubogi egasi (1993, 1994).

"Al SHabab" 1947 yilda Ar-Riyodda tashkil etilgan futbol klubi sanaladi. 1967 yilgacha jamoa "SHabab Riyod" deb yuritilgan. Uzoq yillar mobaynida "SHabab" yuqori saviyada o'ynaydigan futbolchilarni etishtirib berishi bilan mashhur bo'lgan. Masalan, 1994 yilgi jahon chempionatida Belgiya darvozasiga ajoyib to'p kiritgan Said Al Ovayran, Gollandiyaga gol urgan Fuad Amin singari o'yinchilar aynan "SHabab" tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. "Al SHabab" Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan birinchi futbol jamoasidir. 1947 yil Abdulrahmon Bin Said klub prezidenti bo'lgan. 1952 yil o'zining ilk sovrinini qo'lga kiritgan.

Oradan 3 yil o'tib, "Qirol Saud" Kubogi finalida Harbiy kollej jamoasi dog'da qoldirilgan. 1957 yil klubda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Solih Jaberdan sardorlik bog'ichi Ahmad Lmfunga olib berilgach, nizo yanada keskin tus olgan va bir necha ishchi "SHabab"ni tark etishga qaror qilgan. Ularni Bin Saud jamoadan ketib, yangi klub tuzishga ko'ndirgan. SHu tariqa Ar-Riyodda "Al Hilol" tashkil topgan. "SHabab"dagi muammolar "Hilol"ning yuzaga kelishi bilan yakunlangan. Biroq shundan keyin jamoani moliyaviy muammolar qurshab olgan. Natijada ko'plab futbolchilar boshqa klublarga o'tib ketishgan va klub qisqa vaqt mobaynida o'z faoliyatini to'xtatib ham turgan.

Muammolar barham topgach, bazi o'yinchilar qaytishgan, boshqalar esa o'z klublarida qolishni maqul ko'rishgan. 1959 yil Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi tashkil etilgan. "Qirol Saud" Kubogining rasmiy ilk finalida "SHabab" ashaddiy raqibi "Hilol" bilan to'qnash kelib, 3:0 hisobida g'alaba qozongan. SHunday qilib, birinchi "derbi" "oq sherlar"ning yirik hisobdagi muvaffaqiyati va Kubokni qo'lga kiritishi bilan nihoyasiga etgan. Ushbu turnir mamlakatdagi birinchi rasmiy musobaqa edi.

1960-yillarda "Najma" va "Al Mareh" jamoalari ham "SHabab Riyod"ga birlashishdi va klub nomi "Al SHabab"ga o'zgartirildi. 1993 yil "Al SHabab" Saudiya chempionatida ketma-ket uch bor zafar quchgan birinchi jamoaga aylandi. 2007 yilga kelib, jamoa rahbariyati mamlakatda birinchi bo'lib, klubni yanada rivojlantirish uchun boshqa sohalarga sarmoya kiritishga qaror qildi. 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablag' besh yulduzli mehmonxona va katta hududga ega bo'lgan savdo majmuasini qurish uchun sarflanishi elon qilindi.

Yana bir qiziq malumot: "Al SHabab" jahon futboli tarixida bir kunda ikkita rasmiy uchrashuv o'tkazgan jamoa sanaladi. Ularning ikkilasi ham final bahsi bo'lgani yanada ajablanarli. Saudiya futbol federaciyasining taqvim tuzishdagi xatosi tufayli klubning Arab Elit Kubogi va Saudiya Qirol Kubogi finallaridagi bellashuvi bir kunga to'g'ri kelib qolgan. Bu 1999 yil ro'y bergan. O'shanda jamoaning yoshlar tarkibi Suriyada kunduzi Arab Kubogi finalida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, asosiy tarkib kechqurun "Al Hilol"ni dog'da qoldirgan.
Bosh murabbiy Pacheko Portugaliyada etiborga tushgan futbolchi bo'lgan va murabbiy sifatida ham taniqli klublarda ishlashga ulgurgan.



Jeymi PACHEKO
Tug'ilgan sanasi:
22.07.1958.
Tug'ilgan joyi: Paredes, Portugaliya.
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi.
Futbolchilik faoliyati: 1978-1984 "Portu", 1984-1986 "Sporting", 1986-1989 "Portu", 1989-1991 "Vitoriya Setubal", 1991-1993 "Pasosh Ferreyra", 1993-1994 "Braga".
Portugaliya terma jamoasida 25 uchrashuv o'tkazgan.
Boshqargan jamoalari: 1994-1995 "Rio Ave", 1995-1996 "Uniao Lamas", 1996-1998 "Vitoriya Gimaraesh", 1998-2004 "Boavishta", 2004 "Malorka" (Ispaniya), 2004-2005 "Boavishta", 2005-2006 "Vitoriya Gimaraesh", 2006-2008 "Boavishta", 2008-2009 "Belenensesh", 2009-2010 “Al SHabab”, 2011-2013 “Pekin Guan”, 2014-2015 “Zamalek”, 2015 yildan “Al SHabab”da.
Erishgan yutuqlari: Portugaliya chempioni 1988, 2001, Portugaliya Kubogi sohibi 1984, 1988, Portugaliya Superkubogi sohibi 1982, 1984, 1987, UEFA CHempionlar ligasi g'olibi 1987, UEFA Superkubogi g'olibi 1987, Qitalararo Kubok sohibi 1987.

“SHabab” safida terma jamoaga nomzod 4-5 nafar futbolchidan tashqari iordaniyalik Tariq Hattob, ganalik Muhammad Aval va Jon Antvi, yarim himoyachi Rafinya ham o'ynaydi. Rafinya jamoa hujumlarini tuzishda asosiy futbolchidir.

Darvozabonlar
1. Volid Abdulloh
22. Muhammad Aval
33. Muhammad Ovays

Himoyachilar
2. Abdulloh Astaa
3. Sayyaf Bishi
4. Amir Harun
5. Tariq Hattob (Iordaniya)
13. Hassan Muaz
23. Muhammad Aval (Gana)
25. Majid Marshadi
28. Hamad Jayzani
50. Mansur Ali

Yarim himoyachilar
6. Omar Gamdi
7. Rafinya (Braziliya)
8. Abdulmajid Sulayhim
11. Ahmad Atif
12. Abdulmalik Xaibri
15. Abdu Atif
18. Abdulmajid Ruvayli
26. Abdulaziz Albishi
27. Said Dosari
30. Badir Elitin
35. Hassan Rahfavi
45. Nodir Muvalad
80. Abdulrahmon Alhaybari

Hujumchilar
9. Naif Hazazi
17. Musa SHammari
39. Abdulrahmon Xayrolloh
91. Jon Antvi (Gana)

Behzod NAZAROV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика