So’nggi yangiliklar

20:06"Сўғдиёна" - "Нефтчи". Кимлар асосий таркибда?  0 19:53"Арал" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  1 19:43"Локомотив" "Краснодар" тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  0 19:24Тимур Мамасидиқов "Локомотив"га қайтди  0 19:13Кейн: "Саутгейт - Англия тарихидаги энг муваффақиятли мураббийлардан бири"  0 18:46Расман: Дилошд Жўраев - "Локомотив" футболчиси  2 18:36Кроос Педрига қарши фол учун кечирим сўради: "Атайин жароҳат етказиш нияти йўқ эди. Тезроқ соғайиб кет"  17 18:02"Локомотив" Қирғизистон терма жамоаси сардори билан шартнома имзолади  2 17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  2 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  2 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  1 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  16 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15 15:35ЖЧ саралаш олдидан. 5 сентябргача нима қиламиз?  6 15:23Австралия терма жамоаси собиқ футболчиси: "У Еврода Португалияга ҳалал берди"  19

Riyod Mahrez: “Boshida “Lester”ga kelganimdan afsuslangandim” Yangiliklar

Riyod Mahrez: “Boshida “Lester”ga kelganimdan afsuslangandim”

“Lester”ning ertakona mavsumida g'alabalarga katta hissa qo'shgan va Premer-ligada eng yaxshi futbolchi deb topilgan Riyod Mahrez ajoyib mavsum haqida berilgan savollarga javob qaytardi.


 “Ekip” nashriga bergan intervyusida Mahrez ko'cha futboli o'ynagan paytlari, Klaudio Raneri va boshqa masalalar xususida to'xtalib o'tdi.


Butun Evropa “Lester”ga ishqibozlik qilayotganini bilasizmi?

– Ha, lekin hech narsaga etibor qaratmay, o'z ishimizni bajaryapmiz. Bizda eng yaxshi futbolchilar jamlanmagan, byudjetimiz ham o'rtacha, ammo jamoa juda uyushqoq. Bazida omad kulib boqdi. Boshda shunday xayol bor edi: bu yil yoki hech qachon! Yanvargacha chempionlik haqida o'ylamagandik ham. Bundan keyin ham juda o'ylanib yurmadik.

Jeymi Vardi, N’Golo Kante va siz futbol akademiyalarini bitirmagansiz.

– Bu bizning professional bo'lishimizga xalal bermagan. Hammasi o'z-o'zidan ro'y berdi, ajoyib voqea! Bazan N’Golo bilan bu mavzuda hazillashamiz. To'g'risi, qay tariqa futbolchi bo'lishning farqi yo'q. Hammamiz o'yindan birdek zavq olamiz.

Men tug'ilgan va voyaga etgan Parij yaqinidagi shaharchada futbol bilan shug'ullanganman. Menga tez-tez jim bo'lishim kerakligi haqida aytishardi, chunki juda ko'p hazillashardim. SHunday yigitman. Vardi bilan o'yinlar davomida ham hazillashib turamiz. SHu bilan birga jangchiman. Hamisha yutishni xohlayman.

– Vardi Ibragimovich, Aguero va Ronaldudan farqli ravishda har doim jilmayadi.

– U bilan jamoadagi asosiy hazilkashlarmiz. Buning uchun Klaudio Raneri bizga tanbeh bermaydi. Faqat bir safar Nyukasldagi o'yin tanaffusida baqirib berdi. Lekin u hazillarga qarshi emas, mashg'ulotlarda tez-tez shunday qiladi. Faqat o'yin kunlari u juda jiddiyga aylanadi. Men esa uni kuldirishga urinaman, turli hazillar qilaman. Biroq murabbiy jilmaygan holatda ham futbol haqida o'ylaydi. O'yinga tayyorlanishim kerakligini aytib javob beradi. Uning eng mashhur gapi - “Sizlar tulkisizlar, buni unutmang”. Bu klub ramzi.

Sizni “Lester”ning Riberisi deb aytish mumkinmi?

– Yo'q, men u kabi kofega tuz solib qo'ymayman. Gaplar orqali hazillashaman. Raqiblar bilan suhbatlashmayman. O'zimdan chiqib ketganda bo'lishi mumkin, lekin juda kam.

Ko'cha futbolining vakili ekaningizni bildirib turasizmi?

– Ha. Ko'cha futbolida aldash va aldash kerak. Professionalga aylangandan keyin biror yangi narsa olmadim, chunki hamma narsani bajarardim. Lekin taktika borasida ko'plab qiyinchiliklar bo'lgandi, chunki ko'cha futbolida ofsayd bo'lmaydi. To'pga yomon ochilardim, aldash uchun to'pni oyog'imga aniq oshirishlarini so'rardim.

– Himoya ham siz uchun emasmi?

– SHunday, lekin buni qilish darkor. “Lester”da butun jamoa to'p uchun kurashadi. Buni ko'rganingda bor kuchingni berishni boshlaysan. Aynan shu narsa jamoa deyiladi.

Angliyada professional futbolchilar sizni eng yaxshi o'yinchi deb tanlashdi. Hayratlandingizmi?

– Quvondim. Albatta, umid qilgandim, biroq men kimman? Jon Terri menga ovoz berganini bilaman, u ko'p narsalarga erishgan. O'tgan yili “CHelsi”ga qarshi o'ynaganimda u meni deyarli o'ldirib qo'ygandi. Uni alday olmasdim, barcha urinishlarimni to'sib qo'ygandi. Bu yil ularga qarshi uchrashuvlarda gol urdim va paslar berdim.

– 2013 yil ikkinchi divizionda o'ynayotgan “Lester”ning taklifini qanday qabul qilgansiz?

– Ulardan vakil kelgandi. Unga esa hech qachon bormasligimni aytgandim. Menga bu xatodek va “Lester” regbi jamoasidek ko'ringandi. To'g'risi! Bir haftadan keyin agentlar men bilan bog'lanib, menga klub juda qiziqayotgani va xizmatimga muhtojligini aytishdi. Internetdan ularning stadionini ko'rishim zarurligini maslahat berishdi. Internetni titkiladim. Keyin onam bilan maslahatlashdim. U esa “Lester” haqida umuman eshitmagani, o'zim o'ylab ko'rishim kerakligini aytdi. Bu 7 yoki 8 yanvarda ro'y bergandi. Ikki kundan keyin “Gavr” “Mec” bilan o'ynashi zarur edi. Mashg'ulot bazasi, stadionga bordim. Jamoa ikkinchi divizionda etakchilardan edi. SHunda “Gavr” bilan 10-o'rinda yurgandan “Lester” bilan yuqorida bo'lish to'g'risida o'yladim.

Hech qachon afsuslanmaganmisiz?

– Afsuslanganman! Boshida nega bu erga keldim deb o'ylayverardim.

– Jazoir terma jamoasiga Angliyadagi muvaffaqiyatlaringizdan keyin jalb etildingiz.

– “Lester”gacha men haqimda hech kim o'ylamagandi. Lekin “Gavr”dayoq yaxshi o'ynardim. Angliyada ancha o'sganimni aytishim joiz. Raneri bizga taktik tarafdan dars berdi. CHiziqlarni ushlashim, ortga qaytishimni gapiradi. Ko'rsatkichlaringga qaraydi va yomon yugursang, o'ynamayotganingni gapiradi. Bir o'yinda 11 kilometr masofa bosishga to'g'ri keladi.

“Lester” ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynaydimi?

– “Barsa” emasmiz va qarshi hujumlarda o'ynaymiz. Lekin raqib buni biladi va tayyorlanadi. Uyda o'ynash ancha qiyin. Butun Evropa bizga muxlislik qilayotgan ekan, qaerga qochasan?


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика