So’nggi yangiliklar

19:33Рис Жеймс бу йил бошқа майдонга тушмаслиги мумкин  0 19:10ФИФА рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнини сақлаб қолди  0 18:42Суперлига. "Бунёдкор" - "Пахтакор" ва 26-турнинг қолган учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар маълум  0 18:08Мареска: "Челси" Нкункуни январда сотмаслиги аниқ"  0 17:45Ўзимизнинг карикатура: Уйқу оғушидаги "аждар"  8 17:06"Бавария" Тео Эрнандес ва Раумга қизиқиш билдирмоқда  0 16:11"Барселона" сардорларидан бирини сотиб юбориши мумкин  10 15:59ПРО-Лига. "Бухоро" сафарда "Олимпик-MobiUz"га ютқазиб қўйди, "Машъал" — чемпион!  7 15:19Расман: Фрэнк Лэмпард ўзига янги жамоа топди  2 14:18Исмоилов 3 та, Бошкович 2 та ўйинга четлатилди. Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  3 14:15Одилжон Ҳамробеков "Насаф"га ўтдими?   11 13:58"Арсенал" "Аталанта" ҳужумичисига эътибор қаратди  1 13:34Ди Мария ЕЧЛдаги ассистлар бўйича 2-ўринга чиқиб олди  5 13:07Де Йонг "Барселона"нинг янги шартнома борасидаги таклифини қабул қилмади  13 12:26Слот: "Ливерпуль" бундан ҳам яхшироқ ўйнаши мумкин эди"  17

"River Pleyt" muzeyi va stadioniga sayohat. Argentinaning nomdor klubi tarixi haqida musiqa sadolari ostida tasavvurga ega bo'lishingiz mumkin Yangiliklar

"River Pleyt" muzeyi va stadioniga sayohat. Argentinaning nomdor klubi tarixi haqida musiqa sadolari ostida tasavvurga ega bo'lishingiz mumkin

Argentinadagi safar chog'ida mamlakatning eng nomdor klublaridan biri "River Pleyt" klubi muzeyi va stadioniga tashrif buyurdik.

Maqolaga sho'ng'ish avvalida zerikib qolmasligingiz uchun hamda muzey muhiti bilan yanada yaqinroq tanishish maqsadida ushbu inshootda jarang sochgan navolarni qo'shimcha qilamiz.


2009 yilning 9 noyabrida tashkid etilgan "River Pleyt" muzeyida klubning shonli tarixiga oid qimmatbaho xazina saqlanadi. Xazina deganda, faqat oltinni tasavvur qilmaysiz deb o'ylayman. 

Poytaxt jamoasi mahalliy chempionat tarixida eng ko'p g'olib bo'lgan — 37 marta. So'nggi titul esa 2021 yil qo'lga kiritilgan. Qolaversa, klub 14 marotaba milliy kubok sohibiga aylangan. Bundan tashqari, "Millionerlar" xalqaro miqyosda 18 ta kubokni o'ziniki qilgan.

"River Pleyt" bir vaqtning o'zida KONMEBOLning uchta xalqaro musobaqasida g'olib chiqqan dastlabki va yagona klub sanaladi. Klub 2000 yilning dekabrida FIFA tomonidan "Asr klubi" so'rovnomasida to'qqizinchi o'rinni egalladi. SHuningdek, 1990 va 2000-yillarda Janubiy Amerikaning eng yaxshi klubi sifatida etirof etilgan.

"Oq-qizillar" azaldan poytaxtning boshqa klubi "Boka Xuniors" bilan jiddiy raqobat olib boradi. Ular o'rtasidagi o'yinlar Superklassiko deb ataladi va ulkan tadbirga aylanib ketadi.

Muzey 3500 metr kvadratdan ortiq maydonni egallagan. Zamonaviy texnologiyalar yordamida klub tarixi, yutuqlarini o'zida jamlagan muhit aks ettirilgan. SHu bilan birga, binoda kinoteatr ham mavjud.

"River Pleyt" o'tmishidagi muhim shaxslar, eng chiroyli gollar, unutilmas g'alabalar, qo'lga kiritilgan sovrinlar haqidagi malumotlar, jadvallar, suratlar va videolavhalarni o'zida mujassam etgan vaqt tunneli orqali sayyohlar klub haqida etarlicha tasavvurga ega bo'lishi mumkin.

SHuningdek, majmuada o'tgan asrning boshlaridan to bugungi kunga qadar foydalanilgan liboslar bo'limi mavjud. U erda 1920 yildagi libosni ham uchratdik. 

Xullas, kollekciyalar nihoyatda bisyor. Buni suratlarda, imkoni bo'lsa, o'z ko'zlaringiz bilan ko'rganingiz maqul. 

Klub shinavandalari uchun maxsus do'kon ham ochilgan ekan. U erda "yo'l-yo'l chiziqlilar" logosi aks etgan qo'lqopdan tortib, paypoqqacha topishingiz mumkin. Biroq jamoa libosi sifatli materialdan tayyorlangan shekilli, biz o'ylagandan qimmatroq ekan. Yani bank valyuta kursi bo'yicha hisob-kitob qiladigan bo'lsak, futbolkaning o'zi 1200000–1400000 so'm atrofida narxlangan ekan. Biz esa esdalik uchun suratning o'zi yaxshiroq variant deya hisobladik.

"River Pleyt" o'z uchrashuvlarini "Estadio Más Monumental"da o'tkazadi. Bizga hamrohlik qilgan hamda klub muxlisi hisoblangan haydovchining aytishicha, 83 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan stadion hamisha ishqibozlar bilan to'lib-toshadi. SHu bois, bizda ham jamoaning chempionat doirasidagi bo'lg'usi o'yiniga chipta topishda muammo yuzaga keldi.

Keling, klub tarixiga chuqurroq yondashamiz. Etarlicha tasavvur hosil qilishingiz uchun xronologiyaga suratlar ilova qilishga harakat qilaman. Istasangiz, musiqani alishtirib oling.


1901 yil

25 may kuni Bokadagi ikki qo'shni jamoa "La Rosales" va "Santa Rosa" klublari birlashib, "River Pleyt" klubiga asos soldi.

"Millionerlar"ning dastlabki prezidenti Leopoldo Bard edi.

28 may

Jamoaning dastlabki stadioni Darsena sharqida, Uilson ko'mirxonasi yaqinida bunyod etilgan.

1906 yil

"River Pleyt" Qishloq xo'jaligi vazirining buyrug'i bilan Darsenadan ko'chirib yuborilgan. Klub Sarandida qo'nalg'a topgan.

1907 yil

Klub boshiga yana ko'chish musibati tushadi, bu safargi manzil Darsenaning g'arbi bo'ladi.

1909 yil

"River Pleyt" chempionatda ikkinchi o'rinni egallaydi hamda 1901–1911 yillar oralig'ida 9 karra chempion bo'lgan "Alumni"ni ilk bor mag'lubiyatga uchratadi.

1913 yil

"Rasing" maydonida o'tgan dastlabki tarixiy superklassikoda "River Pleyt" Kandido Garsiya va Penneyning gollari evaziga "Boka Xuniors"ni 2:1 hisobida engdi.

1913 yil

Yil so'ngida "River Pleyt" yana ko'chishga majbur bo'ladi. Kelgusi yilgi turnirda ishtirok etish uchun jamoa "Ferro"ning Kabalittodagi maydonini ijaraga oladi.

1914 yil

"River Pleyt" dastlabki titulini Argentina va Urugvay jamoalari o'rtasida har yili o'tkaziladigan musobaqada qo'lga kiritdi. Finalda Urugvayning "Bristol" jamoasi 1:0 hisobida mag'lub etildi.

1915 yil

"River Pleyt" Bokaga qaytadi. Faqat boshqa ko'chaga joylashadi.

1920 yil

"River Pleyt" chempionlik unvonini qo'lga kiritdi.

1923 yil

Jamoa Bokadagi stadionning ijarasi masalasida kelisha olmaydi va yana yangi boshpana izlaydi. Bu safar Talve va Alvear hududidagi 40 ming kishiga mo'ljallangan maydonga ko'chadi.

1931 yil

Ilk professonal chempionat o'tkazilish boshlanishi bilan klub "Sportivo Buenos-Ayres"dan Karlos Pyuselni 10000 pesoga sotib oldi va o'sha davr transfer bozorida inqilob yuzaga keltirib, "millionerlar" laqabini oladi.

1932 yil

Oradan bir yil o'tgach, klub "Tigre"dan Bernabe Ferreyrani 35000 pesoga sotib oldi. U esa katta summani oqladi va 43 ta gol bilan turnirning eng yaxshi to'purariga aylandi.

1932 yil

20 noyabr kuni jamoa "Independente"ni Ferreyra, Pyusel va Zatellining gollari evaziga 3:0 hisobida mag'lub etib, chempionat g'olibiga aylandi.

1935 yil 

25 may kuni klub rahbariyati "Monumental" stadioniga tamal toshini qo'ydi.

1935 yil

Tarix sahifalaridan o'rin olgan ikki yosh istedod — Xose Manuel Moreno va Adolfo Pedernera Birinchi divizionda debyut qilishdi.

1936 yil

27 sentyab kuni "Monumental" stadionining qurilish ishlari boshlandi.

1936 yil

"River Pleyt" bir davra davom etgan chempionat g'olibiga aylandi. Oradan bir hafta o'tgach, 20 dekabr kuni "San Lorenco" 4:2 hisobida taslim etiladi va klub Oltin kubokni qo'lga kiritdi.

1937 yil

"River Pleyt" ketma-ket ikki karra chempionga aylandi. Jamoa turnir davomida 106 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

1938 yil

26 may kuni "Monumental" stadionining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 70 mingdan ortiq tomoshabin ishtirokidagi ochilish bahsida "Penarol" 3:1 hisobida mag'lub etildi.

1939 yil

Argentina futboli to'purarlaridan biriga aylangan (293 ta gol) Anxel Amadeo Labruna 18 iyun kuni "Estudiantes"ga qarshi o'yinda debyut qildi.

1941 yil

19 oktbr sanasida "River Pleyt" "Boka Xuniors"ni 5:1 hisobida mag'lub etdi. Bu klubning ashaddiy raqibi ustidan qozonilgan eng yirik g'alabasi bo'lib turibdi.

1941 yil

"River Pleyt" mamlakat chempioniga aylandi.

1942 yil

8 noyabr kuni "Boka"ga qarshi 2:2 hisobidagi durangdan keyin "River Pleyt" ketma-ket ikkinchi chempionlikni tantana qiladi.

1945 yil

Yoshlar orasidan porlab chiqqan bo'lajak uch yulduz — Amadeo Karrizo, Nestor Rossi, Alfredo De Stefano klubdagi debyutini o'tkazdi.

1945 yil

25 noyabr kuni “millionerlar” “CHakarita”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va navbatdagi titulga erishdi. Anxel Labruna 24 ta gol bilan turnir to'purari bo'ldi.

1947 yil

“Hurakan”dagi bir yillik faoliyatdan so'ng De Stefano jamoaga qaytdi va 27 gol bilan to'purar bo'ldi.

1947 yil 

9 noyabr kuni “Rosario Central” 4:0 hisobida taslim etildi va navbatdagi unvon qo'lga kiritildi.

1949 yil

Ish tashlash elon qilinganidan so'ng Moreno, Rossi, De Stefano, Ferreyra kabi yulduzlarni mamlakatni tark etdi.

1952 yil

Etakchilardan ayrilganiga qaramay, "River Pleyt" yaqin vaqtda o'zini o'nglab oldi va yana chempionga aylandi.

1953 yil

Klubdagi 15 yillik faoliyatida davomida 6 ta chempionlikka erishgan Norberto Yakono “yo'l-yo'l chiziqlilar” bilan xayrlashdi.

1953 yil

“Rasing”ni 2:1 hisobida enggan "River Pleyt" ketma-ket ikkinchi yil chempionatni peshqadam sifatida yakunladi.

1954 yil

O'n yillikning eng iqtidorli futbolchilaridan biri Enrike Omar Sivori jamoada debyut qiladi.

1955 yil

Federiko Vayroning taklif etilishi va Rossining qaytishi jamoani kuchaytirdi, bu esa navbatdagi kubokni olib keldi.

1956 yil

"Oq-qizillar" 25 noyabr kuni so'nggi tur doirasida 4:0 hisobida g'alaba qozonib, sovrinlari sonini yana bittaga oshirdi.

1957 yil

Sivori 10 million peso evaziga "Yuventus"ga sotildi.

1957 yil

Ermindo Onega 15 dekabr kuni klub safida debyut qildi.

1957 yil

Ketma-ket uchinchi yil klub mamlakat chempioni bo'ldi. Roberto Zarate 22 ta gol bilan to'purarlikka erishdi.

1958 yil

Sivoridan tushgan mablag' evaziga stadionning tamirlash ishlari yakunlandi.

1964 yil

Oskar Mas ilk bor jamoa libosida maydonga tushdi. Yillar o'tgach, u klubning ikkinchi to'purariga aylandi (199 ta gol).

1968 yil

23 iyun kuni "Rivert" — "Boka" derbisida 12-darvoza fojiasi sodir bo'ldi. CHiqish eshigiga olomonning o'zini urishi natijasida 71 kishi halok bo'ldi va 66 kishi jarohatlandi.

1969 yil

"Mostaza" nomi bilan mashhur bo'lgan Reinaldo Karlos Merlo klub safida debyut qildi. U poytaxtliklar bilan 1969–1984 yillar oralig'ida 500 ta o'yin o'tkazdi.

1971 yil 

8 avgust kuni chempionatda Norberto Osvaldo Alonso debyut qildi.

1972 yil

15 oktyabr kuni "Boka Xuniors"ga qarshi shiddatli derbida jamoa 5:4 hisobida zafar quchdi.

1973 yil

"Rasing" tarkibidan etishib chiqib, keyinchalik barcha davrlarning eng yaxshi darvozabonlaridan biriga aylangan Ubaldo Matildo Fillol klub tarkibiga qo'shiladi.

1975 yil

Anxel Labrunaning murabbiy sifatida taklif etilishi bilan klubda inqilob sodir bo'ladi va "River Pleyt" 18 yillik tanaffusdan so'ng mamlakat chempioniga aylanadi. So'nggi o'yinda "Argentinos" jamoasi 1:0 hisobida mag'lub etiladi.

1977 yil

"River Pleyt" mamlakat chempioniga aylandi, "oq-qizillar" so'nggi o'yinda "Ferro"ni 4:2 hisobida engdi.

1978 yil

"Monumental" stadioni jahon chempionati o'yinlarini qabul qildi. Bo'lajak chempion — Argentina safida besh nafar "River Pleyt" o'yinchisi harakat qildi, bular: Ubaldo Fillol, Leopoldo Luke, Daniel Passarella, Oskar Ortiz va Norberto Alonso.

1978 yil

O'zini to'purar futbolchi, so'ngra ajoyib murabbiy sifatida namoyish eta olgan Ramon Anxel Dias klubda debyut qildi.

1979 yil

"River Pleyt" Argentina chempioniga aylandi.

1980 yil

7 avgust kuni Labruna qo'l ostidagi "River" "Tigre"ni 3:1 hisobida engadi va yana Metropolitan chempioni bo'ldi.

1981 yil

De Stefano boshchiligidagi jamoa oxirgi o'yinda "Ferro"ni minimal hisobda dog'da qoldirib, navbatdagi titulga o'z nomini yozdiradi.

1983 yil

"Montevideo Uonders"dan klub tarixidagi eng buyuk o'yinchilardan biri Enco Francheskoli olib kelindi.

1983 yil

19 sentyabr kuni futbolchi va murabbiy sifatida qahramonga aylangan Anxel Labruna vafot etdi.

1986 yil

"Millionerlar" 9 mart kuni "Velez"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, chempionat yakunlanishiga 5 tur qolganda muddatidan avval g'oliblikni qo'lga kiritadi. Francheskoli esa 25 ta gol bilan to'purarga aylanadi.

1986 yil

"River Pleyt" "Amerika de Kali"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:1 hisobida mag'lub etib, Libertadores kubogi bilan taqdirlanadi.

1986 yil

SHu yil Qitalararo kubokda ishtirok etgan janubiy amerikaliklar hal qiluvchi bahsda Buxarestning "Styaua" jamoasini mag'lub etadi.

1986 yil

Norberto Osvaldo Alonso butsalarini mixga iladi.




1987 yil

16 avgust kuni "yo'l-yo'l chiziqlilar" KONKAKAF CHempionlar kubogi finalida Kosta-Rikaning "Deportivo" klubini 3:0 hisobida taslim etadi. Gollarga Vilyazan, Funes va Enrike mualliflik qiladi.

1990 yil

"River" 19 may kuni "Estudiantes"ni mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritdi.

1991 yil

Ramon Dias klubga qaytishi bilan jamoa buldozer mashinasiga aylandi. Ketma-ket g'alabalardan so'ng "River Pleyt" Argentina chempioni aylandi. Dias esa 14 ta gol bilan goleadorga aylandi.

1991 yil

Yil so'ngida yosh iqtidor egasi — Arlando Ortega klubda debyut qildi.

1993 yil

Ernan Krespo, Marselo Gallardo, Matias Almeyda kabi bo'lajak yulduzlar klub libosida paydo bo'ldi.

1993 yil

Oxirgi o'yinda "Argentina Junior"ga qarshi 1:1 hisobidagi durang ham klubning mamlakat chempioni bo'lishiga to'sqinlik qilolmadi.

1994 yil

Franciya va Italiya chempionatlaridagi etti yillik faoliyatdan so'ng Enco Francheskoli sobiq jamoasiga qaytdi.

1994 yil

La Bombonerada "Boka Xuniors"ni 3:0 hisobida mag'lub etgan "River Pleyt" turnirning so'nggi o'yinida "Veles" bilan 1:1 hisobida durang o'ynaydi va mag'lubiyatsiz seriya bilan chempionga aylandi.

1995 yil

Ramon Anxel Dias klubga bu safar murabbiy sifatida qaytdi. Yillar o'tishi bilan u klub tarixidagi yorqin murabbiylardan biriga aylandi.

1996 yil

Ramon Dias shogirdlari 26 iyun kuni Ernan Kresponing dubli evaziga "Amerika de Kali"ni mag'lub etib, Libertadores kubogi sohibiga aylanadi.

1996 yil

Sehrgarano o'yin namoyish etadigan Pablito Aimar "millionerlar"ning asosiy tarkibidagi ilk uchrashuvini o'tkazdi.

1996 yil

Muxlislar bilan to'lib-toshgan "Monumental" stadionida "Velez"ni 3:0 hisobida enggan daryobo'yi jamoasi Argentina chempionligini qo'lga kiritdi.


1997 yil

"Millionerlar" Salasning ikkita goli evaziga "San-Paulu"ni 2:1 hisobida mag'lab etib, Janubiy Amerika superkubogiga ega chiqishadi.

1997 yil 

Superkubok uchrashuvidan to'rt kun o'tgach, "River Pleyt" mamlakat chempioniga aylandi.

1998 yil

18 fevral kuni Enco Francheskoli butsalarini mixga ildi.

1998 yil

Klubda yosh iqtidor egasi Xaver Saviola debyut qildi va dastlabki o'yinidayoq raqib darvozasini ishg'ol qildi.

1999 yil

XX asrda Argentinaning so'nggi chempionatida "River Pleyt" zafar quchdi.

2000 yil

"Oq-qizillar" 9 iyul kuni "Ferro"ni 3:0 hisobida engib, chempionlikni rasmiylashtirdi.

2001 yil

25 may sanasida klubning 100 yilligi tantana qilindi.

2002 yil

So'nggi o'yinda "Argentina Xuniors"ni 5:1 hisobida tor-mor etgan "River" navbatdagi titulni rasmiylashtirdi.

2003 yil

"Olimpo"ni 2:0 hisobida enggan klub galdagi chempionlik unvoniga ega chiqdi.

2004 yil

Leo Astrada murabbiy sifatida ilk bor jamoaga chempionlikni taqdim etdi.

2008 yil

8 iyun kuni "Olimpo"ni 2:1 hisobida ortda qoldirgan "River Pleyt" muzeyini yana bir kubok bilan boyitdi.

2014 yil

Olti yillik tanaffusdan so'ng "oq-qizillar" yana shohsupaga ko'tarildi.

2014 yil

Sudamerika kubogi qo'lga kiritildi.

2015 yil

Klub Janubiy Amerika Kubok egalari kubogi sohibiga aylandi.

2015 yil

Libertadores kubogini muvaffaqiyatsiz boshlagan "River Pleyt" yakunda mutlaq muvaffaqiyat bilan turnirni yakunladi.

2015 yil

Janubiy Amerika jamoalari Yaponiya chempionati g'olibi o'rtasidagi o'tkazilgan turnirning hal qiluvchi o'yinida "River Pleyt" "Gamba Osaka"ni mag'lub etib, kollekciyasini yana bir sovrin bilan boyitdi.

2016 yil

Janubiy Amerika Kubok egalari kubogi munosib himoya qilindi.

2019 yil

Argentina superkubogi qo'lga kiritildi.

2021 yil

"River Pleyt" 36-chempionlik tituliga ega chiqdi.

Ayni damda chempionat peshqadami bo'lib turgan "River Pleyt" bugun tushdan keyin mazkur stadionda "Defensa y Justicia"ni qabul qildi. 80 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurgan uchrashuvga biz ham amallab bora oldik. Ammo miriqib futbol ko'rish o'rniga baxtsiz hodisaga duch keldik — tomoshabinning tribunadan yiqilib, halok bo'lgani tufayli uchrashuv 26-daqiqada to'xtatildi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика