So’nggi yangiliklar

22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6

“River Pleyt” fanatlari raqib avtobusiga hujum qilishdi. O'yin qoldirildi Yangiliklar

“River Pleyt” fanatlari raqib avtobusiga hujum qilishdi. O'yin qoldirildi

Libertadores kubogi finalining javob uchrashuvi doirasida o'tkazilishi lozim bo'lgan “River Pleyt” va “Boka Xuniors” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bir kunga kechiktirildi.

Uchrashuvni o'tkazish uchun stadionga etib kelgan “Boka Xuniors” avtobusiga “River” fanatlari hujum uyushtirishdi. Natijada raqib jamoa avtobusining dabdalasi chiqqan. 

Policiya vakillari olomonni tinchlantirish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, avtobusning singan oynasi oraqila gaz avtobus saloniga kirgan va “Boka Xunior”ning bir qator futbolchilari o'zlarini noxush his qilishgan.

Har ikkala jamoa prezidentlari o'yinni o'tkazish masalasini muhokama qilishgan. Natijada o'yinning boshlanisha vaqti ikki marta kechiktirilgan. Ammo keyinchalik o'yin roppa rosa bir kundan keyin o'tkazilishi borasida bir to'xtamga kelishgan.

Eslatib o'tamiz, “River Pleyt” va “Boka Xuniors” o'rtasida final bellashuvning ilk o'yinida 2:2 hisobi qayd etilgan.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика