Rivaldo Setenni tanqid qildi
13 iyu 2020 02:06
Yangiliklar


Rivaldo Setenni tanqid qildi
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Rivaldo kataloniyaliklar bosh murabbiyi Kike Setenning La Liga bahslarida zahira almashtirishlari sonining 5taga etkazilishi "Barsa"ning zarariga ishlashi mumkinligi haqidagi so'zlarini izohladi.
"Bu "Barselona" darajasidagi jamoa uchun noo'rin bahonadir. Setenning so'zlari hech qanday manoga ega emas. "Real" va "Barselona" boshqalarga qaraganda bir bosh ustun hisoblanadi, bu jamoalar 45 daqiqada ham osonlikcha g'alaba qozonishlari mumkin. Ularda istedodlar soni boshqalarga nisbatan ancha ko'p. Nolishga hojat yo'q", — dedi Rivaldo Mundo Deportivo nashriga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar