So’nggi yangiliklar

12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  1 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0

Rishtonga katta futbol qaytdi Yangiliklar

Rishtonga katta futbol qaytdi

Teglar :  Rishton
Rishton futboli o'zining ko'p yillik tarixiga ega. Sobiq “Kooperator” nomli jamoaning yorqin o'yinlari hamon farg'onalik charm to'p ixlosmandlari yodida saqlanib qolgan.

2000 yil  Rishton futboli uchun yangi davr bo'ldi. “Rishtonchi” nomi ostida musobaqalarda ishtirok etayotgan jamoa viloyat birinchiligida chempionlikni qo'lga kiritib, birinchi ligaga o'tish turniriga yo'llanma oldi. Bu borada Rishton futboli jonkuyari Nozimjon Usmonovning say-harakatlarini alohida etirof etish lozim.

O'tish turnirida muvaffaqiyatli qatnashgan vakillarimiz 2001 yilda O'zbekiston chempionati, birinchi liga bahslarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi.

Mana shu musobaqalarda to'p surgan Rishton futboli tarbiyalanuvchisi – Nosir Otaqo'ziev ayni damda O'zbekiston futbolida o'z o'rniga ega. Nosirbek 2011 yilda Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan birgalikda OFK Kubogida bosh sovrinni qo'lga kiritib, O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari nazariga tushgan.

SHuningdek, Sodir Eliboev, Nosir Nishonov, Akmal Ortiqov, Murodjon Haydarov, Abror Abduqodirov kabi futbolchilar ham muxlislar mehrini qozonishgan.

Rishton tumani futbol ixlosmandlari uchun yangilik. Joriy yildan boshlab Rishton tumaniga yana katta futbol qaytdi. Aniqrog'i, tuman hokimi G'ayratali Mamadaliev tashabbusi bilan “Roshidon FK” nomli jamoa tashkil etilib, Farg'ona viloyati birinchiligida qatnasha boshladi.

Jamoa chempionat doirasida  dastlabki o'yinida o'z maydonida “Oltiariq” klubini qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Bundan tashqari, “Qo'qon-1912” jamoasi o'rinbosarlari bilan o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu bahsda 3:4 hisob qayd etildi. 1 iyun kuni “Roshidon FK” Qo'qonda “Lokomotiv BFK” mehmoni bo'lib, yirik 3:0 hisobida mezbonlarni dog'da qoldirishdi.

Tajribali murabbiy Diyorbek Mirzaboev boshqarayotgan jamoa ikkinchi liga uchinchi tur o'yinlarini ham g'alaba bilan yakunladi. 5 iyun kuni “Zafar” jamoasini qabul qilgan rishtonliklar raqibdan 5:1 hisobida ustun kelishdi. Ayni damda jamoa  “V” guruhida 9 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.

Rishtonga yana katta futbol nafasi kirib keldi. Barchamiz bir-tanu bir jon bo'lib, “Roshidon FK”ni qo'llab-quvvatlaylik. Zero, jamoamizning oldiga qo'ygan maqsadlari ulkan.

Abror Dehqonov

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика