Rio Ferdinand: "APLning joriy mavsumi - so'nggi 15 yillikdagi eng yomoni"
27 noy 2015 14:16
Yangiliklar


Rio Ferdinand: "APLning joriy mavsumi - so'nggi 15 yillikdagi eng yomoni"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinandning fikricha, ingliz Premer-ligasining darajasi sezilarli darajada pasaygan.
"So'nggi 15 yillikda jamoalar bu kabi kuchsiz bo'lmagan. APLning joriy mavsumi - uzoq vaqt davomidagi eng yomonidir.
Birinchidan, jahonning eng yaxshi futbolchilari Premer-ligada o'ynamayapti. Ikkinchidan, eng yaxshilardan keyingilari, "ikkinchi avtobus" ham bizda emas. Bunaqasi qachon bo'lgan?" - deydi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar