So’nggi yangiliklar

13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  1 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  5 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  3 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Rio Ferdinand: "Agar bu ikkisini birlashtirsak, dunyoning eng zo'r futbolchisi paydo bo'ladi" Yangiliklar

Rio Ferdinand: "Agar bu ikkisini birlashtirsak, dunyoning eng zo'r futbolchisi paydo bo'ladi"

"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand o'ng qanot himoyachilari Aaron Van-Bissaka hamda Trent Aleksandr-Arnoldlar haqida fikr bildirdi.

Rioning fikricha, "Manchester Yunayted"dagi omadli startdan so'ng Van-Bissaka APLning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri deb hisoblanishi kerak.

"Kristal Pelas" sobiq azosi yozda "Old Trafford"ga ko'chib o'tganidan so'ng o'zini juda yaxshi ko'rsata oldi. Xususan, yaqindagina "Manchester Siti"ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin ham Aaronning o'yiniga yuqori baholar qo'yildi. O'shanda u Rahim Sterlingni zararsizlantira olgandi.

"Liverpul" azosi Aleksandr-Arnoldni ko'pchilik Premer-liganing eng yaxshi qanot himoyachisi deb hisoblaydi. Ferdinandning fikricha esa, Van-Bissaka o'yin darajasi bo'yicha Trentdan orqada emas.

"Agar bu ikki o'yinchi (Van-Bissaka va Aleksandr-Arnold)ni birlashtirsak, dunyoning eng zo'r futbolchisini qo'lga kiritamiz", - deya o'zining "Instagram" sahifasida savollarga javob berdi Ferdinand.

"Aaron yakka kurashlarda juda yaxshi. Uning Sterlingga qarshi qanday o'ynaganini ko'rdim, Rahim esa istagan raqibni aldab o'ta oladi. Lekin, Van-Bissaka bilan buni qilish unga katta qiyinchilik tug'dirdi.

Birga-bir o'yinda u kuch va tezlik borasida raqibga imkoniyatni boy bermaydi. Agar raqib undan qochmoqchi bo'lsa, podkat tashlaydi.

Agar "Manchester Yunayted"da talab qilinadigan bo'lsa, u 3 markaziy himoyachi taktikasida o'ngroqdagi joyni yopa oladi. Menimcha, u bu rolni qoyilmaqom tarzda bajara oladi.

U to'p bilan Trent kabi yaxshi harakat qila olmaydi, lekin Trent himoyada birga-bir o'yinda Aaronga katta farq bilan imkoniyatni boy beradi. SHunday ekan, agar ularni birlashtirsak, mukammal mashinaga ega bo'lamiz".



"Bu o'yinga bog'liq. Agar men ko'proq himoyalanishim va qaysidir vingerni yopishim kerak bo'lsa, unda men Van-Bissakani tanlayman".

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика