Rifat Akramxo'jaev: "Vladimir Bubanya yangi mavsumni "Surxon"da boshlash ehtimoli yaqin"
26 jan 2021 15:41
Yangiliklar


Rifat Akramxo'jaev: "Vladimir Bubanya yangi mavsumni "Surxon"da boshlash ehtimoli yaqin"
Termizliklarning JAR stadionida "Andijon"ga qarshi kechgan o'yinidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Rifat Akramxo'jaev championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qishki yig'inimiz mo'ljallagan rejamiz bo'yicha ketmoqda. Jamoada o'yin uslubini yo'lga qo'yishga harakat qilmoqdamiz. SHuningdek selekciya borasida harakatlar to'xtamagan, tarkibni kuchaytirish yo'lida ishlar olib borilyapti. Bir qator futbolchilar bilan muzokaralarga kirishganmiz. Vladimir Bubanyaning jamoamizga qo'shilishi ehtimoli yaqin, shu kunlarda futbolchining masalasi hal bo'ladi. Yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berilyapti. CHempionat boshlangunga qadar Toshkentda yig'inni davom ettiramiz. CHunki, tarkibni o'zagini aniqlab olishimiz kerak. ",- deydi Akramxo'jaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar