Rifat Akramxo'jaev "Surxon"dan ketdimi? Murabbiy javob berdi
06 may 2021 15:58
Yangiliklar
Rifat Akramxo'jaev "Surxon"dan ketdimi? Murabbiy javob berdi
Bir necha soatlardan so'ng Superliganing ettinchi turidan o'rin olgan "Surxon" - AGMK uchrashuvi boshlanadi.
Uchrashuv qaydnomasiga etibor berar ekanmiz "Surxon" jamoasining bosh murabbiyi Rifat Akramxo'jaevning o'rnida Bahrom Haydarov texnik direktor sifatida ko'rsatilganiga ko'zimiz tushdi. Biz esa barchasiga oydinlik kiritish maqsadida bosh murabbiy Rifat Akramxo'jaevga yuzlandik.
"Jamoadan ketganim yo'q. Oilaviy sabablarga ko'ra Toshkentda bo'lib turibman. Bu borada klub rahbariyatidan ruxsat olgandim. Nasib qilsa AGMK bilan o'yindan so'ng jamoaga borib qo'shilaman. "Surxon" ushbu uchrashuvdan so'ng Toshkentga qaytadi. SHundan so'ng yana ish jarayoniga qaytaman",- deydi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar