Riberining xizmatlari Braziliya klubiga taklif etildi
08 jan 2022 22:19
Yangiliklar


Riberining xizmatlari Braziliya klubiga taklif etildi
Braziliyaning "Seara" klubi prezidenti Robinson de Kastro jamoaga franciyalik mashhur futbolchi Frank Riberi kelishi mumkinligini malum qildi.
"Menga qo'ng'iroq qilib, Riberining xizmatlarini taklif qilishdi. Men u haligacha o'ynayotganini hatto bilmasdim ham. Uni qo'lga kiritishga harakat qilamizmi? Aniq bilmayman", – dedi de Kastro.
Hozir 38 yoshli Riberi "Salernitana"da o'ynamoqda. Uning Italiya klubi bilan kelishuvi iyun so'ngida tugaydi.
Tajribali vinger joriy mavsumda 12 o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
12:08
"Har qanday holatda ham Rossiya klubi taklifini rad etardik". Husanovning agenti bilan katta suhbat 25

Fikrlar