Riberining xizmatlari Braziliya klubiga taklif etildi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2022
Braziliyaning "Seara" klubi prezidenti Robinson de Kastro jamoaga fransiyalik mashhur futbolchi Frank Riberi kelishi mumkinligini ma'lum qildi.

"Menga qo'ng'iroq qilib, Riberining xizmatlarini taklif qilishdi. Men  u haligacha o'ynayotganini hatto bilmasdim ham. Uni qo'lga kiritishga harakat qilamizmi? Aniq bilmayman", – dedi de Kastro.

Hozir 38 yoshli Riberi "Salernitana"da o'ynamoqda. Uning Italiya klubi bilan kelishuvi iyun so'ngida tugaydi.

Tajribali vinger joriy mavsumda 12 o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo Esporte