Riberi - Ronalduning 2013 yilgi "Oltin to'p"i haqida: "Bu faoliyatimdagi eng katta adolatsizlik!"
14 iyu 2019 23:40
Yangiliklar


Riberi - Ronalduning 2013 yilgi "Oltin to'p"i haqida: "Bu faoliyatimdagi eng katta adolatsizlik!"
"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Frank Riberi 2013 yilgi "Oltin to'p" haqida gapirdi.
"Bu faoliyatimdagi eng katta adolatsizlik! Nafaqat men, balki boshqalar uchun ham. Men aslida eng yuqorisida bo'lishim kerak edi. Ammo uchinchi bo'ldim. O'sha mavsumda Messi va Ronaldudan qolishmagandim. Bu borada kamtarlik qilib bo'lmaydi, chunki bu haqiqat!", - dedi Riberi.
O'sha yili Krishtianu Ronaldu 27,99 foiz ovoz bilan "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgandi. Messida 24,72, Riberida esa 23,36 foiz ovoz bor edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar