Riberi oyog'idagi og'riq tufayli mashg'ulotni muddatidan avval tark etdi
Aslanov Jasurbek
22 okt 2015, 15:49
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberini oyog'idagi og'riq tark etgani yo'q.
Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik futbolchi kecha bo'lib o'tgan individual mashg'ulotini muddatidan avval yakunlashga majbur bo'ldi. Riberi yugurish mashqlarini boshlaganidan bir necha daqiqa o'tib oyog'i og'riq sezdi va mashg'ulotni yakunladi.