Riberi “Oltin to'p”ni yutmaganidan hali ham norizo
21 iyu 2020 08:15
Yangiliklar


Riberi “Oltin to'p”ni yutmaganidan hali ham norizo
“Fiorentina” yarim himoyachisi Frank Riberi haligacha 2013 yilgi mavsumda “Oltin to'p”ni qo'lga kiritmaganidan norozi.
O'sha yili franciyalik futbolchi “Bavariya” bilan mamlakat kubogi va Superkubogi, shuningdek Evropa chempionlari ligasida g'olib chiqqandi.
“Oltin to'p”ni qo'lga kiritish uchun yana qanday sovrinlarni qo'lga kiritish kerak? Agar sen oldingdagi barcha turnirlarda g'olib chiqsang, maydonda o'zingga belgilangan vazifani oshig'i bilan ado etsang... Bu ishni klubda va terma jamoada ham eplasang... O'sha vaqtlarda bu men uchun og'riqli holat edi”, deya Riberining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport Bild.
Eslatib o'tamiz, 2013 yili “Oltin to'p” “Real” va Portugraliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib etgandi. Sorvin uchun kurashda 2-o'rin “Barselona” forvardi Lionel Messiga nasib etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar