Riberi: “Navbatdagi g'alaba – chempionlik yo'lida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin“
13 noy 2013 18:43
Yangiliklar

Riberi: “Navbatdagi g'alaba – chempionlik yo'lida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin“
Bundesliganing navbatdagi turida “nemis klassiko” si bo'lib o'tadi. Ushbu baxs yuzasidan juda ko'plab fikr-mulohazalar bildirilmoqda.
“Bavariya“ super-yulduzi Frank Riberi ham bo'lajak o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Francuz futbolchisi intervyu davomida yana bir qator boshqa qiziqarli masalarga ham to'xtaldi.
- Janob Riberi, “Bavariya” o'tgan turdagi “Augsburg” ustidan qozongan g'alabasidan keyin “Gamburg” ning 1983 yilgi 37 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasini yangiladi. Bundan juda ham xursanddirsiz…
- Rekordlarni yangilash – bu juda ham ajoib. Biz deyarli har bir uchrashuvda g'olib bo'lyapmiz, mag'lub bo'lishni esa hech ham istamaymiz. Bu g'alabali seriyalar hali uzoq davom etishi uchun barcha narsani amalga oshiramiz.
- Ammo navbatdagi o'yin Dortmundda bo'lib o'tadi…
- Ha, bu so'zsiz yil o'yini bo'ladi. Agar g'alaba qozonishni uddalasak, “sariq-qoralar” dan etti ochkoga ilgarilab ketamiz. SHunda mavsum boshi bo'lishiga qaramay, chempionlik yo'lida katta qadam tashlashga muvaffaq bo'lishimiz mumkin va u balki xal qiluvchi ahamiyat kasb etar…
- O'yinda ko'proq nimaga etibor berish lozim deb hisoblaysiz?
- Biz to'p nazoratiga katta etibor qaratishimiz lozim bo'ladi. To'p yo'qotilishi yomon oqibatlarga olib kelishii mumkin. “Borussiya” futbolchilari to'p bilan juda xavfli ekani hammamizga malum.
- “Bavariya” tarkibida oxirgi marta mag'lub bo'lgan o'yiningizni eslay olasizmi?
- To'g'risini aytsam, yodimda yo'q. Bu savolga javob topishim uchun biroz o'ylanishimga to'g'ri keladi.
- Bu voqea o'tgan yili Aprelda aynan „Borussiya“ Dortmundga qarshi baxsda sodir bo'lgandi…
- (Kulgancha) Ha, shundaymi?!
- “Augsburg” ga qarshi kechgan uchrashuvda jarima to'pini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdingiz…
- Gol urishni juda ham istagandim. To'pga yaqinlashayotganimda Mario Gyotce darvozaning pastki qismiga zarba berishim kerakligi aytdi. Ammo so'nggi soniyada boshqacharoq qarorga keldim. CHunki darvozaning o'ng burchagidagi bo'sh nuqtani payqagandim…
- SHunday onlarda jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lish haqidagi o'ylar ham sizni “bezovta” qilayotgan bo'lsa kerak?
- Ha, SHunday! Match vaqtida ham hayolim shu o'ylar bilan band. Bundan buyog'iga faqat va faqat yaxshi o'yin ko'rsatishim, shart. Hozirda ushbu unvonni qo'lga kiritish orzusi bilan yonmoqdaman!
- Franciyadagi eng mashxur futbol yulduzi nomini ko'tarib yurish og'irlik qilmayaptimi?
- Bu nomni ko'tarib yurish haqiqatdan juda og'ir. Unga munosib bo'lish uchun doim yuqori saviyadagi o'yin ko'rsatish kerak bo'ladi. Men bo'lsam o'zimni bunga tayyor deb hisoblayman.
bundesliga.de saytidan Zoxirjon Akramxonov tarjimasi

Fikrlar