Riberi: "Gamburg" bilan o'yinda menga oson bo'lgani yo'q, golda esa biroz omadim keldi"
30 okt 2014 12:09
Yangiliklar


Riberi: "Gamburg" bilan o'yinda menga oson bo'lgani yo'q, golda esa biroz omadim keldi"
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi "Gamburg"ga qarshi Germaniya Kubogi uchrashuvidagi o'zining o'yinidan ko'ngli to'ldi.
"Safga qaytganimdan so'ng bu men uchun asosiy tarkibdagi birinchi o'yin bo'ldi. Menga oson bo'lgani yo'q. Jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatganidan xursandman. Men ham yomon ishtirok etganim yo'q. Men gol urgan vaziyatda esa, kaminaning biroz omadi kuldi. Biz shu ruhda davom etishimiz kerak" - deydi Riberi.

Fikrlar