Riberi "Fiorentina"da qolmoqchi, ammo klub 38 yoshli xavbekning maoshini 4dan 2 mln evroga qadar tushirmoqchi
06 iyu 2021 14:32
Yangiliklar


Riberi "Fiorentina"da qolmoqchi, ammo klub 38 yoshli xavbekning maoshini 4dan 2 mln evroga qadar tushirmoqchi
"Fiorentina" yarim himoyachi Frank Riberi bilan bir yillik shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda.
38 yoshli franciyalik futbolchi klubda qolishga qarshi emas, ammo klub prezidenti Rokko Kommisso uning maoshini 4dan 2 million evroga qadar tushirmoqchi.
Bunga qaramay, Riberining agenti hisoblangan Davide Lippi bilan shartnoma yaxshi kayfiyatda o'tdi. Yakuniy qaror keyingi hafta qabul qilinishi kutilmoqda.
Riberi o'tgan mavsum A Seriyada 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar