So’nggi yangiliklar

22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   24 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  38 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  26 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  2 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  3 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  6 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  8 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  15 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4

RFPL yulduzlari 10 yil oldin qanday ko'rinishda edi Yangiliklar

RFPL yulduzlari 10 yil oldin qanday ko'rinishda edi

"Championat.com" sayti o'zining 10 yillik yubileyi munosabati bilan Rossiya chempionatining hozirgi yulduzlari 10 yil oldin qanday ko'rinishda bo'lganini esladi.

Igor Akinfeev


2005 yil mart. Igor o'sha paytda Premer-ligada ikki mavsumni o'tkazib bo'lgan edi. Oldinda uni jamoaviy va shaxsiy yutuqlar kutib turibdi.


2015 yil mart. Terma jamoa va CSKAning birinchi raqamli darvozaboni.


Aleksandr Anyukov


2005 yil martPeterburgga ko'chib o'tishidan oldin Samaradagi so'nggi o'yinlarini o'tkazmoqda.


2015 yil mart. 
"Zenit" veterani doim ham asosiy tarkibdan joy ola bilmayapti, ammo raqobatchilarini bo'shashishiga yo'l qo'ymayapti. Unga imkoniyat berilsa, xuddi yoshligidagidek bor kuchi bilan o'ynaydi.


Andrey Arshavin


2005 yil mart. Mutaxassislar tomonidan o'z tengqurlari orasida eng iqtidorlik futbolchi deb tan olingan va unga katta umid bildirishgan. Arshavin - Kerjakov tandemi raqib himoyasini daxshatga solar edi.

2015 yil mart. Villash-Boash qo'l ostida deyarli o'ynayotgani yo'q va faoliyatini yakunlash haqida o'ylayapti.


Aleksey Berezuckiy


2005 yil mart. Alekseyning yoshligi (22 yosh) unga CSKAda asosiy tarkibda maydonga tushishga va terma jamoaga tez-tez chaqirilib turishga halaqit bermaydi.

2015 yil mart. Akasi Vasiliydan ko'ra kamroq maydonga tushyapti, ammo maydonning har qanday joyida o'ynashga tayyorligi bilan murabbiy va muxlislarni o'ziga og'dira olmoqda.


Vasiliy Berezuckiy


2005 yil mart. Vasiliyning CSKA asosiy tarkibiga kirishi Alekseydan ko'ra qiyinroq kechdi. Uning uchun 2005 yilgi mavsum og'ir o'tdi.
2015 yil mart. Vasiliy bilan hammasi joyida: u terma jamoa va klubda almashtiriib bo'lmas futbolchi.

Diniyar Bilyaletdinov


2005 yil mart. Kattalar safidagi o'zining ikkichi mavsumida Rossiyaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.
2015 yil mart. "Spartak"da yo'qotilgan ishonchni, "Torpedo"da tiklayapti.

Migel Danni


2005 yil mart. Rossiya futbolining 21 yoshli debyutanti "Dinamo" - "Krilya Sovetov" o'yini bilan o'z biografiyasining yangi sahifasini ochadi. O'sha paytlarda uning transfer bahosi 30 mln. evro emas, undan 10 marta kam edi.
2015 yil mart. "Zenit" eng qimmat futbolchilaridan biri. U hozirda piterliklarning barcha o'yinida sardorlik bog'ichi bilan harakat qilyapti.

Vitaliy Denisov


2005 yil mart. O'sha paytlarda CSKAdagi akalarining o'yinini kuzatar edi. O'zi esa yoshlar tarkibida to'p surardi.
2015 yil mart. "Lokomotiv"ning chap qanot himoyachisi hozirgi kunda o'zining eng kuchga to'lgan pallasida. Vitaliy o'z ampulasida Rossiya chempionatining eng yaxshilaridan biri.

Igor Denisov


2005 yil mart. "Zenit" tarkibida asosiy tarkibdan o'rin olib bo'lgan edi.
2015 yil mart. Igor Kapelloning ishonchini yo'qotdi, ammo CHerchesov jamoasida asosiy tarkib futbolchisi.

Yuriy Jirkov


2005 yil mart. Tambovlik Yura  ikkinchi mavsumni "armiyachilar" safida o'tkazayotgan edi.
2015 yil mart. Jirkov "Dinamo"da doim ham asosiy tarkibda maydonga chiqayotgani yo'q, ammo uni zaxira futbolchisi deyish ham noto'g'ri.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика