Reynaga La Liga klubi qiziqmoqda. U oxirgi bor ushbu chempionatda 17 yil oldin o'ynagan
02 iyu 2022 09:25
Yangiliklar
Reynaga La Liga klubi qiziqmoqda. U oxirgi bor ushbu chempionatda 17 yil oldin o'ynagan
“Lacio” kiperi Pepe Reyna jamoani tark etishga yaqin.
U 2021/22 yilgi mavsum startida rimliklar bilan 1 yillik shartnoma imzolagandi va jamoani erkin agent maqomida tark etmoqda. 39 yoshli posbon sobiq jamoasi “Vilyarreal”ga qaytishi kutilmoqda. Ispaniyalik “sariq suvosti kemasi” safida 2002-2005 yillar davomida o'ynagan. Professional faoliyatini esa 1999 yil “Barselona” tarkibida boshlagan.
Eslatib o'tamiz, Pepe Reyna yakunlangan mavsum A Seriyada 15 bahsda qatnashib, 29 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikrlar