Reyna: "Iguain men uchun yaxshi do'st bo'lib qoladi"
23 jan 2019 16:34
Yangiliklar


Reyna: "Iguain men uchun yaxshi do'st bo'lib qoladi"
"Milan" darvozaboni Pepe Reyna yaqin vaqt ichida "CHelsi" azosiga aylanadigan Iguain bilan xayrlashuv haqida gapirdi.
"Iguain bilan xayrlashib, uni quchoqlab qo'ydim. Bu achinarli vaziyat. Unga kelgusidagi ishlariga omad tiladim. Afsuski, futbol shunday. Jamoadagi sherigimni yo'qotyapman. Ammo, Gonsalo men uchun yaxshi do'st bo'lib qoladi" — deya Reynaning so'zlarini keltiradi Football Italia nashri.
Iguain "Milan"ga o'tgan yozda "Yuventus" safidan kelib qo'shilgandi. "CHelsi" Gonsaloni 9 million evro evaziga mavsum oxiriga qadar ijaraga oladi. Kelishuvga ko'ra, "aristokratlar" 31 yoshli futbolchini yozda 36 million evro to'lagan holda to'liq sotib olishlari mumkin.
O’xshash yangiliklar
14:54
"Bavariya" Leau uchun 60 mln evro va yana bir futbolchini berishga tayyor. "Milan" 100 mln olmoqchi 6

Fikrlar