Reyna gol o'tkazmaslik bo'yicha mavsum rekordini yangiladi
01 dek 2015 11:10
Yangiliklar


Reyna gol o'tkazmaslik bo'yicha mavsum rekordini yangiladi
"Napoli" darvozaboni Evropa chempionatlarida quruq seriya davomiyligi bo'yicha mavsum rekordini o'rnatdi.
33 yoshli ispaniyalik 534 daqiqa davomida darvozasidan gol o'tkazmadi. Uning seriyasini A Seriyaning 14-turida "Inter" hujumchisi Adem Lyaich to'xtatdi. O'yin 2:1 hisobida "Napoli"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
Bundan oldingi mavsum rekordi yana bir ispaniyalik David de Xeaga tegishli edi, u "Manchester Yunayted" safida 500 daqiqa davomida darvozasini quruq saqlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar