Retro. Rivaldo, Luizao va Vilyanueva o'zbek choponida
22 mar 2020 23:20
Yangiliklar


Retro. Rivaldo, Luizao va Vilyanueva o'zbek choponida
2008 yil “Bunyodkor” safiga qo'shilgan braziliyalik mashhur futbolchi Rivaldo oliy ligadagi ilk uchrashuvini safarda “Mashal”ga qarshi o'tkazgan.
O'shanda Rivaldoning ikkita goli toshkentliklarga 2:0 hisobidagi g'alabani taqdim etgandi.
O'yinda oldin esa “Mashal” futbol klubi rahbariyati tomonidan Rivaldo, Luizao, Xose Luis Vilyanueva, shuningdek, malum muddat Muborakda faoliyat olib borgan Mirjalol Qosimovga katta ehtirom ko'rsatilib, ularga o'zbek zarbof choponi kiydirilgandi.
Bu yil ushbu voqeaga ham 12 yil bo'larkan. O'sha payt internetda chiqqan foto oddiy ko'ringan bo'lsa-da, hozir ko'rganingizda boshqacha tuyg'ularni qamrab olsa ajab emas.
Surat muallifi: Xayrulla Xoliqov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar