Respublikada faoliyat boshlagan akademiyalar maqomi o'zgaradi, endi ular Vazirlikka qaraydi

Aslanov Jasurbek
6 dek 2019, 15:36
Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning futbolga oid farmoni e'lon qilindi.

Unga ko'ra, 2018 yil faoliyat boshlagan futbol akademiyalarining nomiga o'zgartirish kiritildi. Endi ular futbol mahorat maktablari deb ataladi. 


Farmonning 4-bandi quyidagicha ko'rinish olgan:


O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Moliya vazirligi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining:


professional futbol klublari qoshidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar-o'smirlar futbol maktablari negizida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari (keyingi o'rinlarda – futbol mahorat maktablari) hamda bolalar va o'smirlar sport maktablarini tashkil etish;


Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda aholi sonidan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo'shimcha futbol mahorat maktablarini tashkil etish;


Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bolalar va o'smirlar futbol akademiyalarini futbol mahorat maktablari etib qayta tashkil etish va ularni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufiga o'tkazish;


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia