Reshford Sulsherni maqtab, Mourinoni tanqid qildi
13 sen 2019 15:37
Yangiliklar


Reshford Sulsherni maqtab, Mourinoni tanqid qildi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford jamoaning hozirgi va sobiq murabbiylarini solishtirdi.
"Sulsher maydon tashqarisida ham Mourinodan yaxshiroq".
"Joze shubhasiz top-murabbiy. Unda alohida odamlarni o'qish hislati bor, ammo men uchun futbolchilarini tushunadigan murabbiy yaxshiroq", - deydi Reshford.
Oldinroq, Joze Mourino PSJda Tomas Tuxelning o'rnini egallashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
56 yoshli portugaliyalikning oxirgi ish joyi aynan "Manchester Yunayted" bo'lgan edi.
Joze MYUdan tashqari "Benfika", "Unian Leyriya", "Portu", "CHelsi", "Inter" va "Real" kabi klublarda ham ishlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar