Reshford: "Runi erishgan yutuqlarni juda ko'pchilik orzu qiladi"
10 iyu 2017 20:11
Yangiliklar
Reshford: "Runi erishgan yutuqlarni juda ko'pchilik orzu qiladi"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Everton"ga o'tgan jamoadoshi Ueyn Runi shaniga iliq fikrlarni bildirdi.
"Buyuk o'yinchi va inson. U erishgan yutuqlarni ko'pchilik faqat orzu qiladi. Eng yaxshi tilaklarim", -deb yozdi futbolchi o'zining tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Runi faoliyatini "Everton"da boshlagan va 2004 yilda MYUga o'tgan. "Qizil iblislar" tarkibida 13 yil davomida Runi klub tarixidagi eng yaxshi to'purar (253ta gol)ga aylandi, 5 marotaba APLni yutdi, CHempionlar ligasi, Evropa ligasi, Angliya kubogi va klublar o'rtasida Jahon chempionatida bir marta g'olib bo'ldi. 3 bor Liga kubogini, 4 marotaba esa Angliya Superkubogini boshi uzra baland ko'tardi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
Fikrlar