Reshford: "Orzularim - terma bilan JCHni yutish va MYU bilan CHLda g'olib bo'lish"
15 apr 2020 14:15
Yangiliklar
Reshford: "Orzularim - terma bilan JCHni yutish va MYU bilan CHLda g'olib bo'lish"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford faoliyatidagi maqsadlari haqida gapirdi.
"Har bir o'yinchi sovrinlarni yutishni xohlaydi. Asosiysi, jamoaning muvaffaqiyatli bo'lishi va sovrin uchun kurashishidir. Albatta, bunga APLdagi g'oliblik uchun kurash ham kiradi.
Mening eng katta orzularim - Angliya terma jamoasi bilan JCHni yutish va CHLda MYU bilan g'olib chiqish. Biz oldingi MYU bo'la olishimizni ko'rsatishimiz kerak. Hozir jamoada o'tish davri, ammo yana ham qo'sha olishimizga ishonaman.
Bolaligimdan MYUda o'ynashni orzu qilganman va Giggz, Skoulz va Bekxem kabi o'yinchi bo'lishni xohlaganman", - deydi Refshord.
Eslatib o'tamiz, MYU ayni paytda APLda 5-o'rinda ketmoqda, evrokuboklardan esa Evropa Ligasida ishtirok etmoqda.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 11
Fikrlar