So’nggi yangiliklar

15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  14 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  3 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  4 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  3 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  19 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  9 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  12 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  13 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  7

Reshford: "Mavsum startida o'yinlarni osonlikcha boy berayotgandik" Yangiliklar

Reshford: "Mavsum startida o'yinlarni osonlikcha boy berayotgandik"

"Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford APL doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o'yindagi g'alaba haqida gapirdi.

"Ayni damda juda yaxshi holatdamiz. Oldinga qarab yaxshi harakatlanayotganimizdan xursandman. Mavsum startida o'yinlarni osonlikcha boy berayotgandik yoki durang uchun o'ynashga harakat qilardik. Raqiblar doimo darvozamiz oldida bosim uyushtirayotgandi. Bugun ham "Vulverxempton" yaxshi harakat qildi. David so'nggi daqiqadagi seyvi orqali g'alabani ushlab qolishimizda yordam berdi.

Ruxiy planda qaytishda qiynaldik. CHunki barcha futbolchilar xar hil holatga tushib qolishgandi. Yigitlar qiyin vaziyatda bir-biriga yordam berishdi. Ayni damda jamoada birdamlik juda muhim.

Mavsum og'ir bo'ladi. Biroq biz iroda namoyish qilib, turnir jadvalida yanada yuqoriroq ko'tarilishimiz kerak. Ko'plab jamoalar ushbu mavsumda o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. Ularni taqib qilish oson bo'lmaydi. Agarda yuqori darajadagi o'yinni namoyish qilaversak, oldinga yana bir qadam tashlagan bo'lamiz", - dedi Reshford.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика