So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  102 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Reshford kurashga shaymi? Yangiliklar

Reshford kurashga shaymi?

Sir emaski, APLning yangi mavsumi har qachongidan-da jonliroq, qiziqarliroq o'tishi kutilmoqda.

Hattoki, Arsenal ustozi Arsen Venger bo'lajak mavsumni Murabbiylar o'rtasidagi mundial,- deya tarifladi. Ayniqsa, keyingi yillarda omadi yurishmayotgan Manchester Yunaytedning Zlatan Ibragimovich bilan shartnoma tuzishi, murabbiylik lavozimiga esa Joze Mourinoni taklif etishi intrigani yanada oshirdi. Albatta, klubdagi mazkur islohotlar qizil iblislar bilan hamkorlik qiladigan 23ta kompaniya uchun ayni muddao. Zero, har bir homiy o'z brendi mashhur kishilar tasirida yuksalishidan umidvor. Ammo shu bilan birga jonkuyar ishqibozlarni tashvishlantirayotgan omillar ham yo'q emas. Jumladan, Ibragimovichning safda bo'y rostlashibirinchi navbatda, klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan yosh iqtidor - Markus Rashfordning kelajagiga salbiy tasir o'tkazishi hech gap emas. Xo'sh, Markus nima qilishi kerak?

Hammasini pul hal qiladi

Ochig'ini aytish kerak, Manchester klubi uchun yangi mavsum juda muhim. Negaki, mankunianlar loaqal reklama shartnomalari orqali olinadigan daromad hisobiga klubning avvalgi mavqesini tiklashlari zarur. Homiylik shartnomalari, futbolkalar sotuvi... Xullas, qizil iblislar hattoki, sovrinsiz o'tayotgan oxirgi vaqtlarda ham klub nomini ulug'lashni istashyapti va bu juda oddiy formulaga asoslangan: MYU qanchalik shuhrat orttirsa, jamoa o'yinini shuncha ko'p kishi ko'radi; futbolchilar ijtimoiy tarmoqlarda qanchalik mashhurlikka erishsalar, oliyhimmat sarmoyadorlarning klubga etibor-qiziqishlari shunchalik kuchayadi. Bir so'z bilan aytganda, hammasini pul hal qiladi. Zero, klubning ayni vaqtdagi xo'jayinlari sovrinlar shaydosi emas, balki omilkor kapitalistlardir. Rahbariyat amalga oshirayotgan ishlarga shu nuqtai-nazardan qarasak, Ibragimovich va Mourino bilan qisqa muddatli kelishuv tuzish shoshilinch qaror emas, balki maqtovga loyiq tadbir ekanligi oydinlashadi. Sababi, MYU bu yo'l orqali futbol olamida o'z mavqeini mustahkamlab, oldingi o'rinlarga qaytmoqchi. Bunday ishlar sirasiga Pol Pogba transferi uchun qilinayotgan say-harakatlarni ham kiritish lozim. Axir allaqachon keng darajada tanilgan bu yigitchani rekord summaga xarid qilish barchada qiziqish uyg'otishi tabiiy-da! Ehtimol, ko'pchilik ishonmas, lekin bu fakt: mazkur transfer narxi qancha oshsa, yakunda foyda ko'rgan Yuventus emas, Manchester Yunayted bo'lib chiqadi. Aslida-ku, bu yo'nalish yangilik emas. CHunonchi, Madridning Real klubi mana, 15 yildirki, shunday harakat ortidan pul topyapti. Yunayted esa har doim o'z tarixi, ananalari va kuchli akademiyasi bilan faxrlanib kelgan.

Mahalliy iqtidor

Yunaytedning ushbu yangi, yosh futbolchisiga qiziqish oshishiga sabablardan biri shuki, unga ko'pchilik Angliya futbolining so'nggi 20 yillikdagi eng umidli mahalliy yulduzlaridan biri sifatida qaramoqda. Albatta, Markusning keyingi taqdiri qanday kechishi hali nomalum, ammo texnik salohiyati kuchli, aqli etarli yigitning yaqin kelajakda jahon darajasidagi futbolchiga aylanishiga ishonadiganlar kam emas. Bundan bir necha yil avval Manchesterda o'sib-ulg'aygan va istedodi borligini isbotlagan Rashford kabi futbolchi jamoa asosiy tarkibiga kirish uchun nisbatan kattaroq imkoniyatga ega bo'lardi. Bugungi kunda esa asosiy tarkibda kimlarning maydonga tushishi klub rahbarlari nazorati ostida (chunki tarkibda mashhur futbolchilar safi kengayishi muhim). Boz ustiga, endi Ibragimovichdek taniqli forvard ham Markusning raqobatchilaridan biri sanaladi va bu tabiiyki, uning imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi. Biz klub ananalarini davom ettiryapmiz va yosh iqtidorlarga o'zlarini ko'rsatish imkoni beryapmiz, -degandi Ed Vudvard o'tgan yilgi mavsum oxirida Rashfordning muvaffaqiyatlariga shama qilib. 2014 yili esa klubning tijoriy ishlar bo'yicha direktori Richard Arnold maqtanishga ham ulgurgandi: Rimning yangi Papasi nomini Aleks Fergyuson istefoga chiqqanini aytgan kun elon qilishgandi. Biz dunyodagi 1-raqamli trend edik. Klubimiz jahondagi 120 milliondan ortiq muxlis bilan muntazam aloqada. Deylik, bir daqiqada Facebookda 60, Twitterda esa 264ta layk to'playmiz. Faoliyatimizda muxlislar ishtiroki o'ta muhim: ular bizga foyda keltiradigan homiylar etiborini tortishadi.

G'oliblik ruhi

Yo'nalish va omadni birlashtirishda mutanosiblik tushunchasi katta rol o'ynaydi. Ibragimovich shuning uchun taniqliki, u sensacion futbolchi sanaladi. Mourinoning tanilishiga sabab esa boshqa - doim g'alaba qozonishi. Yunayted shu paytgacha erishilgan yutuqlar tufayli hozirgidek moliyaviy gigantga aylangan. Endi klub bu ikki mashhur inson yordamida yana sovrinlarni qo'lga kiritmoqchi. Demak, umumiy holat bo'yicha aytsak, Rashford Benazirning insoniylik sifatlariga umid bog'lamasligi kerak. CHunonchi, portugaliyalik mutaxassis yoshlarga imkon beraveradigan ko'ngli bo'sh murabbiylar toifasiga kirmaydi. SHuningdek, uni klublarning ananasi, udumlar va hattoki, Mett Basbi maktabi ham qiziqtirmaydi. SHundan kelib chiqsak, Rashford murabbiyning boshqa bir xususiyati - g'alabaga tashnaligiga etiborni kuchaytirishi lozim. Zero, Markus o'tgan yilgi o'yinlari bilan g'oliblik ruhidan bebahra emasligini isbotlashga ulgurdi. Fakt shuki, Mourinoni faqat bir narsa - natija qiziqtiradi. Agar yosh futbolchi yangi mavsumni xuddi o'tgan yilgi shijoat va ishonch bilan boshlasa, unda Depay, Runi va Ibragimovich bilan bemalol raqobatlasha oladi.

Bekxem - namuna

Rashfordning kelajagi haqida fikr yuritganda, bazi bir mayda-chuyda tafsilotlarga alohida etibor qaratish lozim. Xususan, MYU shunday klubki, u har doim tarkibiga qaysidir yulduzni qo'shib olib (tabiiyki, eng avvalo, mashhur hujumchini), OAVda shov-shuv ko'tarib turishga majbur. Rashford esa qanchalik istedodli bo'lmasin, shu sababli, doimo qaysidir yulduz soyasida qolishga tayyor turishi zarur. Aynan shuning uchun ham klubning aytaylik, Neymarga qiziqayotgani haqidagi xabarlar to'xtamaydi. Markusning haqiqiy mahorati uning katta futbol olamidan yo'l topib olishiga yordam bersa, ajabmas. Misol uchun, oldingi avlod vakili hisoblangan Devid Bekxem aynan Rashford tahsil olgan akademiyada tarbiyalanib, dunyoda birinchilardan bo'lib, o'z kuchi bilan futbolchi-yulduz obrazini yaratgandi.

Markus oldida boshqa bir yo'l ham bor: mediadan o'z manfaatlari yo'lida foydalanish. Zero, bugungi kunda yulduzlik maqomiga ijtimoiy tarmoqlar hamda kutilmagan o'tkir fikrlar bilan ham erishish mumkin. Zamonamiz shunaqa, axir...

SHu ketishda...

Kim biladi, ehtimol, Markusning hech narsaga ortiqcha etibor qaratmay, faoliyatini  shu ruhda davom ettirgani maqulmikan? Negaki, Rashfordning sira kutilmaganda, katta sahnaga ko'tarilgani kapitalistlar va reklamachilar domiga tushib qolgan zamonaviy futbolga sal yangicha qiyofa bag'ishlab, o'ziga xos ziddizahar vazifasini bajarmoqda. Buni qarangki, Markusning hozirgi holati uning foydasiga ishlashi ham mumkin. Sababi, u nisbatan taniqliroq jamoadoshlaridan farqli ravishda, kuchli masuliyat hissi ostida yashamaydi: Runi va boshqa futbolchilar Moyes hamda van Gal davrida ham masuliyat yukidan qochib qutulolmadilar. Endi Mxitaryan va Zlatanni ham shu qismat kutmoqda. Rashfordning yutug'i shundaki, u o'zidan hech nima kutishmagan vaqt maydonga tushdi va yoshiga xos bo'lmagan tarzda xotirjamlik bilan harakatlanib, iqtidorini ko'z-ko'z qildi. Boshqacha ifoda etganda, o'sha payt uning zimmasida javobgarlik hissi yo'q edi. Nima bo'lishidan qatiy nazar, Rashford insonni tubdan o'zgartirib yuboradigan zamonaviy dunyoning layklari, reytinglari domiga tushib qolmasa, bas. Ko'pchilik yangi mavsumda Markusni top-hujumchilar qatorida ko'rishni istaydi. Bilasizmi, nega? CHunki inson tabiati shunday: u doimo kuchsizlarga ko'proq tarafkashlik qilishga moyil...

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика