Reshford faoliyatidagi 100-golini urdi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2021, 00:03
Uning yubiley goli jamoasiga g'alabani taqdim etdi.

"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Markus Reshford terma jamoa safida o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Ruminiya darvozasiga penaltidan g'alaba to'pini kiritdi (1:0).

Ushbu gol 23 yoshli futbolchi uchun faoliyatidagi yuzinchi gol bo'ldi. Markus mankunianlar safida 88 marta, terma jamoada esa 12 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru