Reshford Brunoning goli haqida: "Agar to'pga egalik qilganimda zarba yoki pas berardim"
15 jan 2023 02:25
Yangiliklar
Reshford Brunoning goli haqida: "Agar to'pga egalik qilganimda zarba yoki pas berardim"
Markus Reshford "Manchester Siti"ga qarshi kechgan (2:1) o'yinda Bruno Fernandeshning urgan goli haqida fikr bildirdi.
MYUning o'sha golli hujumida Markus Reshford ofsaydda edi, ammo to'pga tegmadi. Bosh hakam Styuart Ettuell VAR hakamlari bilan maslahatlashib, golni hisobga olishdi.
"Men ofsayddaman deb o'yladim, shu sababli to'p ortidan yugurganim yo'q. Agar to'pga egalik qilish uchun yugurgaimda pas yoki zarba berardim. Ofsayddaligimni tushundim.
O'sha vaziyatda men qila oladigan ish shu edi, qolgani esa bosh va yon hakamga bog'liq bo'ldi. Fikrimcha, vaziyatda qatnashmadim. Gol to'g'ri hisoblandi" - deydi MYU forvardi.
Fikrlar