Reshford APLdagi gollar soni bo'yicha MYUda Kantonaga etib oldi Yangiliklar

Reshford APLdagi gollar soni bo'yicha MYUda Kantonaga etib oldi

Angliya chempionati 17-turida “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Nottingem Forest”ni yirik (3:0) hisobda engishga erishdi.

Markus Reshford uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol etdi. U APLdagi gollarini 64 taga etkazib oldi va MYUning musobaqadagi to'purarlar ro'yxatida 8-o'rindagi Erik Kantona bilan tenglashdi. Ulardan bitta yuqori pog'onada Ole-Gunnar Sulsher bormoqda – 91 gol.

Top-8 esa quyidagi ko'rinishda:

1. Ueyn Runi (183 gol);

2. Rayan Giggz (108);

3, Pol Skoulz (107);

4. Krishtianu Ronaldu (103);

5. Rud van Nistelroy (95)

6. Endi Koul (93);

7. Ole-Gunnar Sulsher (91);

8. Markus Reshford (64);

8. Erik Kantona (64);

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика