Renatu Sanshesh: "Ketishni xohlayman, ammo "Bavariya" meni qo'yib yubormaydi"
17 avg 2019 12:55
Yangiliklar


Renatu Sanshesh: "Ketishni xohlayman, ammo "Bavariya" meni qo'yib yubormaydi"
Portuliyalik xavbek o'yin amaliyoti kamligidan nolimoqda.
"Bavariya" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh shu yozda jamodan ketishni xohlamoqda, ammo myunxenliklar uning xohishini inobatga olishayotgani yo'q.
"Hozirgi vaziyat men uchun yaxshi deb bo'lmaydi. Men ikkinchi marta jamoadan ketishni xohlayapman. Ammo, "Bavariya" meni qo'yib yubormaydi. Menga 5 daqiqa o'ynash etmaydi", - deydi Sanshesh.
O'tgan kuzda va qishda Renatu Sanshesh PSJ bilan aloqaga kirishdi, ammo "Bavariya" bu transferga rozi bo'lmadi.
Bundesliganing birinchi turi doirasida "Gerta" (2:2)ga qarshi o'yinda Sanshesh zaxiraga qoldirildi. U 86-daqiqadagina Tomas Myullerning o'rniga maydonga tushirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar