Renatu Sanshesh franciyalik murabbiyni sudga beradi
07 iyu 2016 14:01
Yangiliklar
Renatu Sanshesh franciyalik murabbiyni sudga beradi
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Renatu Sanshesh franciyalik murabbiy Gi Runi sudga bermoqchi.
Ushbu murabbiy Bavariya futbolchisi 18 emas aslida 23–24 yoshda ekanini aytgandi. Bu haqda Diário de Notícias nashri Sansheshga yaqin manbalarga tayanib xabar berdi.
Yozda Bavariya futbolchini Benfikadan 35 million evroga sotib oldi.
Fikrlar