So’nggi yangiliklar

20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  0 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  9 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  13 18:11Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 1:0 (матнли трансляция)  26 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  5 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  1 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  10 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  71

Renat Bayramov: "Istiqlol"da faqat bir davra o'ynasam kerak Yangiliklar

Renat Bayramov: "Istiqlol"da faqat bir davra o'ynasam kerak

O'zbekiston terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Renat Bayramov birinchi liga vakili hisoblangan Toshkentning "Istiqlol" jamoasida ko'rikdan o'tmoqda.
Bu haqda futbolchining o'zidan malumot olish maqsadida "Istiqlol" hamda "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuviga tashrif buyurdik.

- Bugun "Istiqlol" safida maydonga tushdingiz, klub bilan kelishuvga erishdingizmi?

- Hozircha ko'rikdan o'tayapman, aniq bir nima deya olmayman.

- Agar ko'rikdan ijobiy o'tsangiz jamoa safida qancha muddat qolasiz?
- Menimcha, "Istiqlol" tarkibida faqat bir davra o'ynasam kerak. Lekin, klub rahbariyati bilan bu borada gaplashganimizcha yo'q, shuning uchun aniq muddatni ayta olmayman. Balki butun mavsumni shu jamoada o'tkazarman. Faoliyatimni "Istiqlol"da davom ettirishim rahbarlar bilan suhbatlashganimizdan so'ng malum bo'ladi.

- Boshqa jamoalardan taklif bormi?
- Oliy liga klublari uchun "zayavka" tugadi, shuning uchun ham takliflar yo'q. Hozir "Istiqlol"daman va ko'p ehtimolki, shu erda qolsam kerak.

Eslatib o'tamiz, Renat Bayramov o'tgan yilgi mavsumni Jizzaxning "So'g'diyona" klubi tarkibida o'tkazgan. Yarim himoyachi 2013 yil oliy ligada 15ta o'yinda maydonga tushib 6ta gol urishga erishgan.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика