So’nggi yangiliklar

00:40"Челси" ҳужумчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  2 00:00Марҳабо, 2025 йил!  6 23:51Грилиш "Манчестер Сити"дан кетиши мумкин?  1 23:25Расман: Машарипов "Истиқлол" билан шартномасини икки йилга узайтирди  3 22:56"Реал" асосий ҳимоячиларидан бири билан шартномани узайтириши кутилмоқда  3 22:35ОФК янги йилга янги логотип билан қадам қўйди  4 21:50"Реал" ўзининг очиқ машғулотларида 2024 йилда қўлга киритилган совринларни намойиш қилди  10 21:35"Навбаҳор" ва "Сўғдиёна" янги мавсум учрашувларини шартли равишда ўз майдонларида қабул қилишади  4 21:10Навбатдаги омадсизлик. Уэйн Руни расман Чемпионшип клубини тарк этди  7 20:45Расман: "Нефтчи" ўз дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 20:21Тарихий Олимпиада, "Ланс"даги олов Абдуқодир, "Насаф" ва "Андижон"га аталган мавсум — 2024 йил ўзбек футболида яна қандай воқеалар юз берди?  4 19:55МЮ мухлислари Зиркзее ўйиннинг 33-дақиқасидаёқ захирага олинганини қарсаклар билан қарши олишди  2 19:33Криштиану Роналду "Ал Насср"дан кетишга қарор қилди  27 19:05"Челси" "Борнмут"нинг бир йўла икки ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 18:48МТЖнинг навбатдаги йиғини ва Иорданияга қарши баҳс учун чақирилган футболчилар рўйхати маълум  6

Rejali ish samarasi yoki yana kelishilgan o'yinlar haqida Yangiliklar

Rejali ish samarasi yoki yana kelishilgan o'yinlar haqida

O'tgan haftaning eng g'alati o'yinlaridan biri Rossiya chempionatida bo'lib o'tdi. RFPLning 12-turida Ural o'z maydonida Terekni qabul qildi va 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi odatiy o'tgan va 1:1 hisobi qayd etilib turgan edi. Hammasi ikkinchi bo'limda boshlandi - himoyachilar avtogol urishga, darvozabon Dmitriy Arapov esa xurmacha qiliq namoyish etishga tushib ketishdi. Vaziyat shu qadar absurd ko'rinish oldiki, uchrashuvni sharhlab borayotgan jurnalist Timur Juravel ham chidab tura olmadi va bunday o'yinni tomosha qilish uyat ekanini takidladi.

Bu gaplarni nima uchun aytmoqdamiz? Rossiya chempionatida bo'lib o'tgan shubhali o'yinning o'zbek futboliga qanday aloqasi bor? Aloqasi shundaki, bizda ham deyarli shunga o'xshash holat ro'y bergan. Yodingizda bo'lsa, bir yil muqaddam o'zbek futbolidagi asosiy mavzu Paxtakor-Metallurg o'yini bo'lib qolgandi. O'sha uchrashuvda sherlar ikki to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchrayotgani holda 3:2 hisobida irodali g'alabaga erishishgani ko'pchilikning shubhasiga sabab bo'lib, katta shov-shuv ko'tarilgandi. SHundan buyon malum muddat o'tdi va chempionatning navbatdagi mavsumi yakuniga etmoqda. Xo'sh, nimalar o'zgardi?

Eng avvalo, shuni takidlash lozim, o'sha o'yin atrofidagi mojarolarning foydasi tegdi. Bu haqda TVda aytildi, gazetalarda yozildi va mana natija - o'tgan yillardan farqli o'laroq, bu safar chempionatimiz ancha keskin o'tyapti. Oliy liga mashhurlikka erishgan yillarda ham autsayderning chempionlikka davogar klubdan ochko tortib olganini ko'p ko'rmaganmiz. SHuningdek, bu qadar duranglarga boy o'tgan mavsumni ham eslay olmaymiz. Axir durang - boy berilgan ikki ochko degani.

Joriy mavsum chempionlik uchun kechayotgan kurashga shubha bilan qarashga hatto eng injiq muxlis ham botinolmasa kerak. CHunki Lokomotiv ochkolarni qay darajada qiyinchilik bilan qo'lga kiritayotganini ko'rib turibmiz. TTZdagi stadionda Obod va Nasafga qarshi kechgan o'yinlar esa mavsum bezagiga aylanishi turgan gap. Bu bahslar futbolning ashaddiy ishqibozlari uchun haqiqiy sovg'a bo'ldi. Tan olaylik, ikki yilgina muqaddam ham bunday o'yinlar biz uchun orzu edi. Oliy liga borgan sari natijalari oldindan aytiladigan chempionatdan murosasiz kurash maydoniga aylanib bormoqda. Avval kelishilgan o'yinlar bo'lgani qanchalik rost bo'lsa, bu gapimiz ham shunchalik haqiqat.

Albatta, bunday natijaga erishishning o'zi bo'lmadi va eng avvalo, uch yil muqaddam O'FF tashabbusiga ko'ra tashkil etilgan Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash qo'mitasini etirof etsak, qarshi chiqadiganlar ko'p topilmasa kerak. Mazkur qo'mita ishi o'tgan yillar davomida etarlicha tanqidlarga uchradi. Va bu tanqidlarning aksariyati asosli bo'lganini ham tan olish lozim. Vaziyatning borgan sari ijobiy tomonga o'zgarayotgani yaxshi. Bu borada Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash qo'mitasining bir xususiyatini takidlash joiz. Ushbu qo'mita futbolimizdagi illatlarni bartaraf etish yo'lida bosqichma-bosqich ish yuritishni maqul ko'rdi. Bu say-harakatlari samarasi o'laroq, kelishilgan o'yinlar guvohiga aylanmadik.

Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash qo'mitasi o'ziga xos uslubda ish olib bordi. Eng avvalo, mavsum boshlanishi oldidan barcha klublar murabbiylari va futbolchilari bilan tushuntirish ishlari olib borildi, kelishilgan o'yinlarda qatnashmaslik bo'yicha tezisga imzo qo'ydirib olindi. SHu bilan birga har bir turdan so'ng maxsus guruh tomonidan uchrashuvlar o'rganilishi va shubhali ko'ringan vaziyatlarga klublar bilan birga oydinlik kiritilishi aytildi. To'g'ri, bu tashabbus darhol samara keltirdi, deyish qiyin. Ammo ko'rib turibmizki, asta-sekinlik bilan bo'lsa-da oliy liga o'yinlarida shiddat va shijoat ko'zga tashlanmoqda.

Qo'mita faoliyati shu zayl davom etsa, bora-bora futbolimiz shaffofdek toza bo'ladi. CHunki butun dunyoda shunaqa, hamma joyda ham millionlar o'yinini tozalash uchun mudom kurash boradi.

Kelishilgan o'yinlarga qarshi futboli rivojlangan o'lkalarda ham mudom kurash boradi. 2006 yilda Italiya futbolida yuzaga kelgan mojarolardan xabardorsiz. O'sha yili ushbu mamlakat terma jamoasi jahon chempionatida g'alaba qozondi.

Bu yil esa ingliz jurnalistlari faolligi evaziga Sem Ellardaysdek murabbiy Angliya terma jamoasi boshqaruvidan chetlatildi. Kim biladi deysiz, balki JCH-2018 tumanli o'lka vakillariga atalar?! Har holda, tozalik bor joyda, baraka ham bo'ladi, deydilar.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика