So’nggi yangiliklar

00:15Стерлнинг "Ювентус"га ўтиши мумкин  0 00:15Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:1, Брунонинг ажойиб голи ҳисобга олинмади  0 23:45Дибала Саудиянинг учинчи клубидан ҳам таклиф олди, аммо...  0 23:21"Барселона" футболчиси "Ювентус"га йўл оладими?  0 22:53"Ливерпуль" ўз ўйинчисини 20+7,5 млн фунтга сотади  1 22:45Суперлига. "Насаф" - "Пахтакор" 1:0  3 22:22Виталий Левченко: "Тартибли футбол эвазига ғалабага эришдик"   2 22:06Вадим Абрамов: "Гол ўтказилганида хато бутун жамоаники бўлади"  2 22:00РПЛ. ЦСКА "Краснодар" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 21:59Суперлига. "Насаф" марказий ўйинда пенальтидан урилган гол эвазига "Пахтакор"ни мағлуб этди  91 21:40Суперлига. "Нефтчи" - "Динамо" 3:2  0 21:37РПЛ. "Оренбург" ва "Акрон" жанговар дуранг қайд этди, Эсанов эса...  1 21:08"Тоттенхэм" 55+10 млн фунтлик трансферни амалга оширди  0 21:00"Манчестер Сити" пенальтилар сериясида МЮни мағлуб этган ҳолда Англия Суперкубогини қўлга киритди  6 21:00Суперлига. Фарғонада 5 та гол урилган оқшомда "Нефтчи" "Динамо"дан устун келди  35

Reglament buzilgan, tamom vassalom! Yangiliklar

Reglament buzilgan, tamom vassalom!

O'zbekiston Professional Futbol ligasi qaroriga binoan kelasi mavsum oliy ligada 16 ta jamoa ishtirok etishi malum qilingan edi.
Joriy mavsum yakunlariga ko'ra kuchlilar safini tark etgan Andijon hamda So'g'diyona jamoalari yana oliy liga bahslarida o'z viloyatlari sharafini himoya qilishadi. SHuningdek, 1-ligada dastlabki ikki o'rinni egallagan "SHo'rtan" hamda "Qo'qon-1912" klublari ham oliy ligada yangi mavsumni boshlashadi. Andijon va So'g'diyonadan farqli ravishda G'uzor va Qo'qon shahri jamoalari bu imkoniyatni bir yil davomidagi mehnatlari evaziga qo'lga kiritishdi. Tabiiyki, jamoalar soni 16 taga etgach, sonning oshishi sifatning tushishiga xizmat qilmasmikan, o'tkinchi o'yinlar soni ortib ketmasmikan, qabilidagi haqli savollar ko'pchilikda tug'iladi.

Mulohaza yuritib ko'rsak, jamoalar sonining oshirilishida ijobiy va salbiy jihatlar borligi ko'zga tashlanadi. Ijobiy tomoni  jamoalar soni ortishi bilan oliy ligadagi o'yinlar soni ham oshadi. OFKning talabi ham shu. Lekin OFK jamoalar soni bilan emas, bir mavsum davomida o'tkaziladigan o'yinlar soni bilan hisoblashadi. Unga ko'ra, bir yilda barcha musobaqalardagi minimal o'yinlar soni 27 ta uchrashuvni tashkil qilishi kerak. CHempionatda 26 ta, keyin kubok finalidagi uchrashuv. BAAda minimal o'yinlar soni 33 ta. CHempionatida bizda bo'lgani kabi 26 ta, Liga kubogida 6 ta hamda mamlakat kubogi finalidagi o'yin. Oliy ligada jamoalar sonining oshirilishiga ortiqcha etiroz yo'q.

Lekin sport principlariga amal qilgan holda bu ishni amalga oshirish kerak edi. Reglamentni chiqargan PFLning o'zi unga amal qilmasligini tushunish qiyin. Ha, bu erda Reglament ham buzilyapti. Bu yil 2016 yilgi futbol mavsumida 16 yoki 18 ta jamoa ishtirok etadi, deb keyin yangilik amalga oshirilganida, maqsadga muvofiq ish bo'lardi. SHunda Reglament ham buzilmas edi. SHunda PFL professional ish tutgan bo'lardi. O'zi shundoq ham PFLning obro'si tushib borayotgan bir paytda bunday qaror qabul qilingani baribir yaxshi bo'lmadi. Oliy ligada raqobatni yuzaga keltira oladigan, intrigani kuchaytira oladigan jamoalar bo'lsa ham mayli edi. SHu mavzuda PFL bosh direktori Farhod Magometov bilan gaplashganimizda u kishidan shunday javobni oldik. 

"Hozir bu haqida gapirishga erta. 17 dekabr kuni biz mavsum yakunlari va yangi yil rejalari bo'yicha yig'ilish o'tkazamiz. SHu yig'ilishda barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin. Hozircha sizga bir narsani aytishim mumkin, O'FF delegaciyasi bilan birga Andijonda bo'lib qaytdik. U erdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. Andijonda yaxshi infratuzilma shakllangan. Viloyatda futbolni yaxshi ko'rishadi. Qolaversa, bu yil jamoa o'zining yarim asrlik to'yini nishonladi. Biz klublarga yordam bershimiz lozim. Endigi rejaga ko'ra, xuddi shunday tashrifni Jizzax viloyatiga ham uyushtiramiz. Biz "So'g'diyona" jamoasining ham bugungi holatini ko'zdan kechirishimiz kerak", - dedi Farhod Abdualievich.

Oliy ligadada jamoalar sonining ortishi o'rtamiyona futbolchilarning ham yanada ko'payishiga olib keladi. O'zi shundoq ham 3-4 ta jamoani inobatga olmaganda, klublarimiz safida istedodli futbolchilar etishmayapti. Yana u jamoadan bu jamoaga optom o'tish boshlanadi. Ko'ryapsizmi, o'zgarish futbolimizga ijobiy jihatdan ko'ra salbiy tomondan tasir qila boshlayapti.

"Oliy ligada jamoalar sonining 16 taga etganini qo'llab-quvvatlayman. Bu bilan o'yinlar soni ham oshdi. O'yinlar qanchalik ko'p bo'lsa, futbolchilarning tajribasi shuncha oshib boradi. Lekin masalaning ikkinchi jihati ham borki, bu birinchi liga. Bu jad ham muhim va nozik masala. Kelasi yili quyi ligadan qaysi jamoalar kuchlilar safiga qo'shilar ekan? Bu katta masala. Jamoalarning moliyaviy holatini o'zingiz ko'ryapsiz". Bu so'zlar "Nasaf" jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankovga tegishli.

Haqiqatan ham, qaror qabul qilinayotgan paytda 1-liga o'ylanmagan shekilli. Kelasi yili quyi ligadan kuchlilar safiga kimlar qo'shiladi? "Xorazm"mi yoki stadionlari talab darajasidan yiroq bo'lgan "Obod" va "Oqtepa"mi? Yoki bo'lmasa, shu 16 ta jamoa 2016 yilgi futbol mavsumida ham oliy ligada ishtirok etaverishadimi?

SHu o'rinda bu yangilik yuzasidan hamkasblarimizning fikrlari bilan ham qiziqdik.
Temur Azam, O'zbekiston ovozi gazetasi bo'lim mudiri
- Oliy ligada ishtirok etuvchi jamoalar soni oshganining yaxshi va yomon taraflari bor. Yaxshisidan boshlaylik. O'yinlar soni ko'payadi. Agar "Andijon" va "So'g'diena" 1-ligada o'ynaganida, ikkita viloyat katta futbolsiz qolib ketardi. Jizzaxliklar yangi stadion qurishdi, andijonliklar bu yil jamoaning 50 yillik to'yini nishonlashdi. SHu jihatlarini hisobga olib, bu ikki klubning elita safini tark etganiga achinganlar ham bo'ldi. Ayni kunlarda bu jamoalarning ishqibozlaridan ko'ra baxtliroq odamni topish qiyin. 14 sonini 16 ga aylantirish oson. Birgina qaror kifoya. Lekin bundan futbolimiz qanchalik foyda ko'radi? Eng muhimi ham shu aslida. Agar jamoalar sonining ortishi "Andijon" va "So'g'diyona" manfaatlarini o'ylab amalga oshirilgan bo'lsa, bu qaror noto'g'ri. Futbolda har bir mag'lub jamoaga mehribonchilik qilib bo'lmaydi. Mavsumga etarli darajada tayyorgarlik ko'rmasdan karvonga qo'shilgan bu klublar yana oliy ligada?! O'tgan yilgi holat takrorlanmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi, xatto shu ikki klub rahbarlari ham. Yana o'tkinchi o'yinlar sonining ortishi haqiqatga yaqin ko'rinadi. Bu yilgi chempionatni kuzatib, jamoalar sonini ko'paytirish emas, aksincha 10 taga tushirish kerak ekan, deb xulosa qildim. Yani, 10 ta jamoadan iborat 4 davralik tizimni joriy qilish foydaliroq bo'ladi. Yana bilmadim. Futbol haqidagi bilimlari bizdan ko'ra kuchliroq bo'lgan mutaxassislar jamoalar sonini 16 taga etkazish haqida qaror qabul qilishdi. Demak, nimanidir bilishadi va ko'zlashyapti. Umid qilgim kelyapti, jamoalar soni oshishi chempionatimizda raqobatni kuchaytirsin. Ishqibozlarni stadionga qaytarishga xizmat kilsin.

Bizning ham umid qilishdan va kutishdan o'zga choramiz yo'q. O'FF va PFLdagilarning uyalib qolmasliklari va qabul qilgan qarorlaridan xursand bo'lib yurishlarini istab qolamiz. Har doimgidek, xulosani vaqtning hukmiga topshiramiz.

Kamoliddin ALIMOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика