Regilon: "Real" kelasi mavsum kamida bitta sovrin yutishiga kafolat beraman"
23 may 2019 11:21
Yangiliklar
Regilon: "Real" kelasi mavsum kamida bitta sovrin yutishiga kafolat beraman"
"Kelasi mavsum uchta sovrindan hech bo'lmasa bittasini qo'lga kiritamiz, kafolat beraman.
CHet eldan taklif bo'ldi, Ispaniya klubiga o'tishdan ko'ra, boshqa mamlakat jamoasida o'ynashni maqul ko'raman. Ammo asosiy maqsadim "Real"da qolish. Turli mish-mishlar aylanib yuripti, ammo hammasi klub rahbariyatiga bog'liq. Klub bu mavsum erishgan muvaffaqiyatlarimdan mamnun. Hammamiz uchun to'g'ri bo'lgan qarorni qabul qilamiz deb o'ylayman.
Murabbiy bilan suhbatimiz haqida hech narsa ayta olmayman, ammo u bilan bo'lgan uchrashuvlardan ko'nglim to'ldi. Xotirjamman. Maqsadim - "Real"da qolish. Ammo ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Yoz juda uzoq davom etadi va unda hamma narsa bo'lishi mumkin.
Transferlar haqida to'xtaladigan bo'lsak, yangi futbol jamoasi paydo bo'ladi. Ammo bu mavzu menga tegishli emas. Jamoadoshlarimdan mamnunman. Biz hozirgidan yaxshiroq o'ynay olishimizni yaxshi bilamiz. Biroq jamoaga kelgan barchani iliq kutib olamiz" - deydi Regilon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar