Rednapp: "Tottenxem"ga Suaresni sotib olmaganimdan afsuslanaman"
09 okt 2014 12:50
Yangiliklar


Rednapp: "Tottenxem"ga Suaresni sotib olmaganimdan afsuslanaman"
"Kuinz Park Reynjers" bosh murabbiyi Garri Rednappning so'zlariga ko'ra, u "Tottenxem"ning ustozi bo'lgan paytda "Ayaks"dan Luis Suaresni sotib olishi mumkin edi.
Ammo murabbiy bu fikrdan voz kechgani uchun hozir afsusda.
"Men faoliyatimda qattiq afsuslanadigan narsalardan biri Luis Suaresni xarid qilmaganimdir. Biz uni "Ayaks"dan sotib olishimiz mumkin edi. Rud Gullit ushanda menga shunday degandi: "Garri uni ol. U maydonda qilayotgan ishlar - bu fantastika". Ammo bizning barcha skautlarimiz, uni "Ayaks"ning barcha hujum chiziqlarida harakat qilishini aytdi. Biz esa markaziy hujumchi qidirayotgan edik. U haqida o'ylagunimcha, Suaresning narxi o'sib ketdi. Natijada "Liverpul" uni 22,8 million funtga sotib oldi, biz bunday narxga xarid qila olmas edik" - deydi Rednapp.

Fikrlar