Rednapp: "Mourino futbol tarixida buyuk murabbiyga aylanishi mumkin"
01 noy 2014 13:07
Yangiliklar


Rednapp: "Mourino futbol tarixida buyuk murabbiyga aylanishi mumkin"
"Kuinz Park Reynjers" bosh murabbiyi Garri Rednapp "CHelsi"ga qarshi o'yindan oldin Joze Mourinoni maqtadi.
"U qaerda ishlashidan qatiy nazar ajoyib murabbiyligini isbotladi. SHunchaki kelib evrokuboklarni qo'lga kiritib bo'lmaydi. Uning qo'l ostida top futbolchilar bor va Joze ulardan qanday foydalanishni biladi. Mourino hali uzoq vaqt futbolda bo'ladi va tarixda buyuk murabbiyga aylanishi mumkin. U "CHelsi"da 15 yil qola oladi va bu yillar uning uchun muvaffaqiyatli bo'ladi" - deydi Rednapp.

Fikrlar