Record: MYU Brunu Fernandeshning transferini hal qildi
29 jan 2020 00:51
Yangiliklar


Record: MYU Brunu Fernandeshning transferini hal qildi
"Sporting" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh atrofidagi voqealar nihoyat yakunlanadigan ko'rinadi.
U faoliyatini "qizil iblislar" safida davom ettiradi. "Record" xabariga ko'ra, MYU 25 yoshli xavbek uchun 55 million evro to'laydi. "Sporting", shuningdek, 25 million evro miqdoridagi ehtimoliy bonuslarga ham ega chiqishi mumkin.
"Correio da Manhã" malumotlariga qaraganda, futbolchi MYU safida 20 o'yinda maydonga tushib, 15 golga mualliflik qilsa, lissabonliklarga yana 10 million evro to'lanadi.
TVI24 esa "Sporting" Brununing keyingi sotuvi miqdorining 10 foiziga egalik qilishi haqida xabar qildi.
Avvalroq Fernandesh "Yunayted"da haftasiga 130 ming funt ishlab topishi haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar